XALQARO FOTOSURATLAR TANLOVIGA TAKLIF!
📸
XALQARO FOTOSURATLAR TANLOVIGA TAKLIF!
🌍 YUNESKOning “Youth Eyes on the Silk Roads” (“Ipak
yo‘li yoshlar nigohida”) 2026-yilgi xalqaro fotosuratlar tanlovi uchun arizalar
qabuli boshlandi!
Tanlov 14–25 yosh oralig‘idagi yoshlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib,
ishtirokchilar o‘zlarining mualliflik fotosuratlari orqali Ipak yo‘lining boy
madaniy merosi, an’analari, madaniy xilma-xilligi hamda uning zamonaviy
talqinini namoyish etishlari mumkin.
📷 Kimlar ishtirok etishi mumkin?
14–25 yoshdagi yoshlar;
Fotosuratlar muallifi bo‘lgan ishtirokchilar;
Ipak yo‘li merosi va madaniyatini ijodiy yondashuv bilan aks ettira oladigan
nomzodlar.
📅 Hujjatlarni topshirish muddati: 2026-yil 30-iyun
🔗 Ariza topshirish havolasi:
UNESCO tomonidan 2026-yil uchun “Youth Eyes on the Silk Roads” (“Ipak yo‘li yoshlar nigohida”) nomli xalqaro fotosuratlar tanloviga arizalar qabul qilinayotganligi ma’lum qilinadi.
Shu munosabat bilan, tanlovda ishtirok etish uchun munosib nomzodlarni aniqlab, ularning hujjatlarini 2026-yil 30-iyunga qadar quyidagi havola orqali yuborishingiz so‘raladi:
https://unescosilkroadphotocontest.org/en/participate
Hujjatlar YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi kotibiyatiga taqdim etilishi lozim.

