Xalqaro hamkorlik

Xalqaro hamkorlik
Xalqaro hamkorlik
Xalqaro hamkorlik
Xalqaro hamkorlik

2025-yil 13-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Mahkamov Otabek Muxtorovich boshchiligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrif doirasida Chongqing universitetida bo‘ldi.

Delegatsiya tarkibida Prezident Administratsiyasi maslahatchisi Abbosxonov Toirxon, Toshkent Arxitektura Qurilish Universiteti rektori Tulaganov Baxrom, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Xalqaro hamkorlik bo‘limi bosh mutaxassisi Nazirov Shoxrux, TAQU rektorining assistenti Akbar Suvonqulov va universitet marketologi Abdimajitov Saidumarxon ishtirok etdi.

Tashrif chog‘ida Chongqing universiteti prezidenti Van Shuxin, vitse-prezident Li Jian, xalqaro ishlar bo‘yicha direktorlar va ilmiy institut vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

Delegatsiya universitet muzeyiga tashrif buyurib, oliygoh tarixi bilan tanishdi. Kun ikkinchi yarmida Toshkent arxitektura-urilish universiteti va Chongqing universiteti o‘rtasida talabalar almashinuvi, ilmiy tadqiqotlar va boshqa yo‘nalishlarda hamkorlikni nazarda tutuvchi ikki tomonlama anglashuv memorandumi imzolandi.