Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida seminar-trening tashkil etildi
2025-yil 24–25-aprel kunlari Toshkent
arxitektura-qurilish universitetida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan
“O‘zbekistonning globallashuv sharoitida arxitektura yodgorliklarining tutgan
o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasidagi
chora-tadbirlar rejasiga muvofiq seminar-trening tashkil etildi. Mazkur tadbir
Germaniya Federativ Respublikasining "Deutsches Fachwerkzentrum
Quedlinburg" tashkiloti arxitektor-restavratori Claudia Christina Hennrich
ishtirokida o‘tkazildi. Seminar “Arxitektura yodgorliklari” kafedrasi
talabalari, magistrantlari hamda doktorantlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda
arxitektura yodgorliklarini asrash, restavratsiya qilish va zamonaviy
yondashuvlar haqida amaliy ma’ruzalar tinglandi hamda tajriba almashildi.