XALQARO WINTER SCHOOL – 2025
“Madaniyatlararo muloqot kontekstida barqaror shahar va me’moriy
rivojlanish”.
Toshkent Arxitektura va Qurilish Muhandisligi Universitetida (TAQU)
Xitoy Xalq Respublikasining Chongqing University bilan hamkorlikda Xalqaro
Winter School – 2025 dasturi tashkil etilmoqda.
Mazkur xalqaro akademik loyiha shaharsozlik va me’morchilik sohasida
barqaror rivojlanish masalalarini chuqur o‘rganish, ilg‘or ilmiy yondashuvlar
va madaniyatlararo tajriba almashuvini rivojlantirishga qaratilgan.
Dastur yo‘nalishlari:
• Shahar morfologiyasi – turli
sivilizatsiyalar ta’sirida Toshkent shahrining urban rivojini tahlil qilish;
• Tarixiy merosni muhofaza qilish
– tarixiy binolarni baholash va ularni moslashuvchan qayta foydalanish
strategiyalarini ishlab chiqish;
• Past uglerodli dizayn –
ekologik, iqtisodiy va madaniy jihatdan barqaror kichik hajmdagi loyihalarni
ishlab chiqish.
Winter School mashg‘ulotlari xalqaro professor-o‘qituvchilar va yetakchi
mutaxassislar ishtirokida olib borilib, talabalarning ilmiy-amaliy salohiyatini
oshirishga xizmat qiladi.
O‘tkazilish muddati: 2025-yil 23–28-dekabr
Manzil: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti (TAQU)
Jadvalni ko’rish


