XALQARO WINTER SCHOOL – 2025
“Madaniyatlararo muloqot kontekstida barqaror shahar va me’moriy
rivojlanish”
Toshkent arxitektura-urilishu universitetida Xitoy Xalq
Respublikasining Chongqing University bilan hamkorlikda Xalqaro Winter School –
2025 dasturining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Mazkur xalqaro akademik loyiha shaharsozlik va me’morchilik sohasida
barqaror rivojlanish masalalarini chuqur o‘rganish, ilg‘or ilmiy yondashuvlar
va madaniyatlararo tajriba almashuvini rivojlantirishga qaratilgan.
Dastur yo‘nalishlari:
Shahar morfologiyasi – turli sivilizatsiyalar ta’sirida Toshkent
shahrining urban rivojini tahlil qilish;
Tarixiy merosni muhofaza qilish – tarixiy binolarni baholash va ularni
moslashuvchan qayta foydalanish strategiyalarini ishlab chiqish;
Past uglerodli dizayn – ekologik, iqtisodiy va madaniy jihatdan barqaror
kichik hajmdagi loyihalarni ishlab chiqish.

