Xalqaro xamkorliklar yanada mustahkamlanmoqda TAQU konstruktorlik buyrosini ochish va uni davomiylashtirish maqsadida bir qator mutaxassislar Germaniyada stajirofkaga o'tashmoqda
Toshkent arxitektura-qurilish
universitetining bir guruh professor-o'qituvchilari Germaniyaning Veymar
shahrida joylashgan "Bauhaus-Universität Weimar" da stajirovka
o'tashmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning
17-sentabr kuni qabul qilgan 42-sonli bayoni asosida Toshkent arxitektura-qurilish
Universitetida konstruktorlik byurosini tashkil etish ishlari olib borilmoqda.
Bu loyiha doirasida universitetdagi professor-o'qituvchilar va mutaxassislar
Germaniyaning Bauhaus Universitetiga borishdi. Bauhaus universiteti professori,
texnika fanlari doktori Lars Abrahamczyk professor-o'qituvchilar va
mutaxassislarni iliq kutib oldi va universitetning ilmiy markazlar faoliyati
hamda qurilish konstruksiyalari, seysmoizolyatsiya bo’yicha Germaniya
standartlari va normalari bilan tanishtirdi. Arxitektura va konstruktsiya,
hamda bino va inshootlarning seysmik chidamliligi sohalaridagi qo’shma
tadqiqotlar olib borish, talabalar va doktorantlar almashinuvi masalalari
bo’yicha davra suhbati bo’lib o’tdi. Hozirda professor-o'qituvchilar uchun 16
qavatdan yuqori binolarni zamonaviy dasturlarda loyihalash bo'yicha
mashg'ulotlar olib borilmoqda. Stjirovka davomida seysmik laboratoriya
faoliyati va seysmik akselerometr o’rnatilgan inshoot bilan hamda Myunxen
shahridagi seysmoizolyatorlar ishlab chiqaruvchi korxona faoliyati bilan tanishish
rejalashtirilgan.