Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi universitetida doktorantura uchun maxsus stipendiya dasturi
Xitoy
Ijtimoiy fanlar akademiyasi universitetida doktorantura uchun maxsus stipendiya
dasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim,
fan va innovatsiyalar vazirligiga kelib tushgan ma’lumotga ko‘ra, University of
Chinese Academy of Social Sciences tomonidan Markaziy Osiyo davlatlari,
jumladan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun maxsus stipendiya dasturi
doirasida doktoranturaga qabul e’lon qilinadi.
Dastur haqida:
Kvota: 10 nafar;
Ta’lim muddati: 4 yil;
Ta’lim shakli: kunduzgi;
O‘qitish tili: xitoy tili;
O‘qish va yotoqxona xarajatlari to‘liq qoplanadi;
Har oy 3500 yuan (taxminan 500 AQSH dollari) miqdorida stipendiya ajratiladi;
Tibbiy sug‘urta bilan ta’minlanadi.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
Magistr diplomi mavjud bo‘lishi;
Kamida “HSK 5” darajasidagi xitoy tili sertifikatiga ega bo‘lishi;
Yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi;
50 yoshdan oshmagan bo‘lishi.
Taqdim etiladigan hujjatlar:
Magistr diplomi va ilovasi;
Sudlanmaganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
Tibbiy ko‘rik hujjatlari;
Ilmiy faoliyatga oid materiallar;
Dastur talablarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar.
Hujjatlarni topshirish muddati: joriy yilning 5-iyun sanasiga qadar.
Hujjatlarni yuborish manzili:
Elektron pochta: admissions@ucass.edu.cn
Mazkur stipendiya dasturida ishtirok etishga qiziqish bildirgan fuqarolarni
belgilangan muddatlarda hujjatlarini topshirishga taklif etamiz.

