Xorijda Malaka Oshirish bo‘yicha Qo‘shma O‘quv Kursi
“2024-2030-yillarda xorijiy va
mahalliy grant mablag’lari, shuningdek oliy ta’lim muassasalarining byudjetdan
tashqari mablag’lari hisobidan professor-o‘qituvchilarni har yili xorijiy
davlatlarga tajriba almashish uchun yuborish rejasi” ijrosini ta’minlash maqsadida
qo‘shma malaka oshirish kursi tashkil etilmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqib,
Finlandiya va Estoniya ta’lim tizimini o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish
maqsadida 2026-yil yanvar oyida “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat”
mavzusida navbatdagi bir oylik (144 - soat) qo‘shma malaka oshirish kursi 5
yanvardan - 15 yanvargacha Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va
malakasini oshirish institutida (onlayn), 18 yanvardan - 28 yanvargacha Finlandiya
va Estoniya davlatlaridagi TOP-OTMlarida hamda ta’lim muassasalarida (offlayn)
tashkil etilishi rejalashtirildi. Kurslarni muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga
davlat namunasidagi malaka attestati hamda maxsus xorijda malaka oshirganlik
to‘g‘risidagi sertifikat beriladi.
Mazkur qo‘shma malaka oshirish
kursiga o‘qish uchun tavsiya etilgan pedagog va boshqa xodimlar to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni ilovaga muvofiq tasdiqlangan holda 6-dekabr kuniga qadar Xalqaro
Nordik universitetiga (niu_edu@exat.uz) taqdim etilishi so‘raladi.
Malaka oshirish kursi haqida
to‘liq ma’lumot: nordictraining.uz
Izoh: Xorijdagi malaka
oshirish 10-kun muddatga moʻljallanmoqda hamda Nomzodlardan til bilish darajasi
talab qilinmaydi. Mashg’ulot va vizitlar uchun tarjimon jalb qilinadi.

