Yangi O‘zbekiston universiteti rektori va prorektori Toshkent arxitektura-qurilish universitetiga tashrif buyurdi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Yangi O‘zbekiston
universiteti rektori va universitet delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tashrif doirasida mehmonlar universitet bo‘ylab ekskursiya qilib, ta’lim
muassasasida yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, laboratoriyalar, ilmiy
markazlar va innovatsion loyihalar bilan yaqindan tanishdilar.
Shundan so‘ng, ikki oliy ta’lim muassasasi vakillari ishtirokida
muzokaralar o‘tkazildi. Unda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy va amaliy loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori
B.Tulaganov va Yangi O‘zbekiston universiteti rektori o‘zaro hamkorlikni yo‘lga
qo‘yish, jumladan, ilmiy-tadqiqot faoliyatida, laboratoriya ishlarini
birgalikda olib borish hamda sun’iy intellekt yo‘nalishida qo‘shma loyihalarni
amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
Mazkur tashrif ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik
aloqalarini mustahkamlash va yangi strategik yo‘nalishlarni belgilashda muhim
qadam bo‘ldi.