“Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!” Respublika ko‘rik-tanlovi e’lon qilindi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Vazirlik huzuridagi Talaba
va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamda Termiz
iqtisodiyot va servis universiteti oliy ta’lim tashkilotlari talaba-yoshlari
o‘rtasida “Yoshlar – giyohvandlikka qarshimiz!” Respublika
ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi.
↪️Tanlovlarda oliy ta’lim tashkilotlarining barcha
talaba-yoshlari 10 nafar ishtirokchidan iborat jamoa tuzib ishtirok etishi
mumkin.
↪️Tanlovda jamoalar 4 shart (insho yozish, rasm chizish,
qisqa videoroliklar hamda sahna ko‘rinishi) bo‘yicha bellashadilar.
↪️Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi: oliy ta’lim
tashkiloti, hududiy saralash bosqichi va Respublika bosqichi.
🏆
Tanlov gʻoliblari Termiz iqtisodiyot va servis universiteti mablagʻlari
hisobidan quyidagi tartibda pul mukofotlari, shuningdek, diplom va qimmatbaho
sovgʻalar bilan taqdirlanadi:
🥇1-oʻrin
– 200 million soʻm;
🥈2-oʻrin
– 150 million soʻm;
🥉3-oʻrin
– 100 million soʻm;
🥉3-oʻrin
– 100 million soʻm.
➡️Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar oʻzi
tahsil; olayotgan taʼlim tashkilotining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy
ishlar bo‘yicha masʼullariga murojaat qilishi mumkin.

