YUNESKO tashkilotining Barqaror rivojlanish uchun fanlar xalqaro o‘n yilligi doirasidagi to‘rtinchi tanlovi

  YUNESKO tashkiloti tomonidan Barqaror rivojlanish uchun fanlar xalqaro o‘n yilligi doirasida barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida to‘rtinchi tanlov e’lon qilindi.
    Tanlov haqida muhim ma’lumotlar:
    Tanlovga taqdim etilgan tashabbuslar YUNESKO tashkiloti tomonidan saralab olinadi.
    Tanlab olingan tashabbuslar moliyalashtirilmaydi.
    Saralangan tashabbuslarga xalqaro o‘n yillik logotipidan foydalanish, xalqaro miqyosda tanilish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari yaratiladi.
    Arizalarni topshirish tartibi:
    Arizalarni topshirish platformasi: https://webforms.unesco.org/en/form/pbs003 
    Tanlov haqida batafsil ma’lumot: https://www.un-sciences-decade.org/en 
    15-noyabr2026-yil—oxirgimuddat
    Universitet professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilari hamda talabalari ushbu tanlovda faol ishtirok etishga, barqaror rivojlanish maqsadlariga xizmat qiluvchi istiqbolli tashabbus va loyihalar bilan qatnashishga taklif etiladi.