YUNESKO/Ekvatorial Gvineya xalqaro mukofoti

YUNESKO/Ekvatorial Gvineya xalqaro mukofoti

YUNESKO tashkiloti tomonidan tabiiy fanlar sohasidagi YUNESKO/Ekvatorial Gvineya xalqaro mukofotiga 2026-yil uchun tanlovi e’lon qilingan.

Mazkur mukofotning asosiy maqsadi YUNESKO tashkilotiga aʼzo-davlatlarda alohida shaxslar, institutlar va nodavlat tashkilotlar tomonidan inson hayotini yaxshilanishiga salmoqli hissa qo‘shgan ilmiy tadqiqot loyihalari va faoliyatlarini mukofotlashdan iborat.

YUNESKO/Ekvatorial Gvineya xalqaro mukofoti 300,000 AQSH dollariga teng bo‘lib, tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etgan uch nafar nomzod o‘rtasida teng taqsimlanadi hamda diplom va esdalik sovg‘asi bilan taqdirlanadi. Mukofotga tavsiya etilgan nomzodlar xalqaro hayʼat bahosi va tavsiyasi asosida YUNESKO Bosh direktori tomonidan tanlab olinadi.

Tanlovda qatnashish uchun nomzodlar www.unesco.org/egip/account-reguest havolasi orqali onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tishi va quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:

  • ariza varaqasi;
  • nomzodning mukofot maqsadlariga qo‘shgan hissasi bo‘yicha axborot;
  • nomzodning ilmiy-amaliy faoliyati bo‘yicha qisqacha maʼlumot;
  • nomzodning muhim 10 ta ilmiy nashrining ro‘yxati.