Arxitektura va restavratsiya sohalarida hamkorlik bo‘yicha uchrashuv

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakulteti hamda “O‘ZSHAHARSOZLIK” Ilmiy-tadqiqot loyiha institutlari o‘rtasida hamkorlik doirasini kengaytirish maqsadida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv doirasida arxitektura sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, arxitekturaviy loyihalash, tarixiy va madaniy meros obyektlarini restavratsiya, konservatsiya va qayta tiklash yo‘nalishlarida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha qo‘shma dasturlar va loyihalarni ishlab chiqish masalalari yuzasidan kelishuvlarga erishildi. Ushbu uchrashuv yakunida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va “O‘ZSHAHARSOZLIK” LITI o‘rtasida hamkorlik haqida rasmiy bitim imzolandi.