Ekofaol talabalar

Tadbirlar

 453

“Yashil makon”

15-mart kuni Jizzaxda bo‘lib o‘tgan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining navbatdagi Hay’at yig‘ilishidan soʻng “Yashil makon” doirasida “Ziyolilar bogʻi” yaratish maqsadida daraxt koʻchatlari ekish marafoniga start berildi. Unda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori B.A.Tulaganov ham ishtirok etib ko’chatlar ekdilar.

Tadbirlar

 512

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish aksiyasi tashkil etildi

15-mart kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Yashil makon”umummilliy loyihasi doirasida ekologik targ‘ibot va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Tadbir davomida universitet hududida 300 ga yaqin mevali hamda manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, “Ziyolilar bog‘i” tashkil etildi. Mazkur tashabbus atrof-muhitni yanada yashil va ekologik toza hududga aylantirish, shuningdek, talabalar hamda professor-o‘qituvchilar uchun qulay muhit yaratish maqsadida tashkil etildi. Aksiya universitet jamoasi tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanib, professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda xodimlar faol ishtirok etdilar. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rahbariyati ushbu loyihaning universitet ekologik muhitini yaxshilashga qo‘shayotgan hissasini e’tirof etib, bunday xayrli tashabbuslar doimiy ravishda davom ettirilishini ma’lum qildi. Ko‘kalamzorlashtirish ishlari nafaqat tabiiy muhitni yaxshilashga, balki yosh avlodda ekologik madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladi.

Tadbirlar

 543

"Yashil shahar" loyihasi asosida ko‘chat ekish tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda

Bugun saf yig‘ilishdan so‘ng tuman hokimi B.Abduvaliev boshchiligida, sektor rahbarlari, korxona va tashkilot mutasaddilari, ekolog olimlar, Toshkent xalqa avtomobil yo‘li bo‘yida manzarali daraxt ko‘chatini ekishga kirishildi.  Dastlab, olim va mutaxassislar ishtirokida ko‘chatni ekish tartib taomili, ilmiy asosi hamda uni parvarishlash bo‘yicha maxsus seminar o‘kazildi. Shundan so‘ng, hokimlik xodimlari, korxona va tashkilotlar, nuroniy va yoshlar ko‘chatlarni ko‘rsatib berilgan tartib bo‘yicha yerga qadadi. Tadbirda ishtirok etganlar hamjihatlikda ushbu xalqa yo‘l atrofidagi 2,6 gektar yer maydoniga 400 ga yaqin katalpa, safora, pavloniya kabi o‘n turdagi ko‘chatlarni ekdi. Mazkur yo‘l atrofida 14 gektar yer maydoniga 4000 ga yaqin manzarali ko‘chatlarni ekish rejalashtirilgan.  Yer maydoniga ekilgan ko‘chatlarni parvarish qilish, agrotexnik tadbirlari hamda sug‘orish tizimlariga ham mas’ullar biriktirildi. Yunusobod tumanida "Yashil makon" dasturi asosida barcha mahallalar, tashkilot, muassasalar hududidagi bo‘sh yotgan yer maydonlari, korxonalar, markaziy va shox ko‘chalar, ijtimoiy ob’ektlarda ko‘chat ekish tadbirlari davom etmoqda.

Tadbirlar

 522

"Yashil makon"

Ayni daqiqalarda universitetimiz jamoasi "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasi Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shahrida barpo etilayotgan "Ziyolilar bog'i"ni tashkil etishda faol ishtirok etmoqda.

Tadbirlar

 582

“Yashil makon”

“Yashil makon” umummilliy loyihada faol ishtirok etaylik” shiori ostida Toshkent arxitektura-qurulish universitetida bugun soat 14:00 dan boshlab 300 dan ortiq manzarali va mevali daraxt koʻchatlari ekildi. Marafonda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlari, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari, iqtidorli talaba-yoshlar faol ishtirok etidilar.Marafon davomida universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar prorektori S.X.Mardov “Oʻzbekiston 24” telekanaliga intervyu berdi.

Tadbirlar

 531

“Yashil makon” umummilliy loyihasi amalda

Ko‘chat ekish, yon-atrofni ko‘kalamzorlashtirish azaliy qadriyatlarimizdan sanaladi. Bunga yorqin misol sifatida mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarni keltirish mumkin. Jumladan, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti hududida ham mazkur loyiha asosida kuzgi daraxt ko‘chatlari ekish mavsumi davom etmoqda. Bugungi kunga qadar gilos, olma, shaftoli, nok, uzum, kabi mevali hamda  terak, katalpa singari manzarali 500 dan ziyod ko`chatlar ekildi.