Ekofaol talabalar

Yangiliklar

 224

“Yashil qo‘llar” — tozalik tadbirida faol ishtirok etdik!

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Muhandislik fakulteti talabalari hamda tyutor N. Xidoyatova boshchiligida “Yashil Qo‘llar” tozalik tadbirida faol ishtirok etdik. Atrof-muhitni asrash, hududlarimizni obodonlashtirish va tabiatga mehr bilan munosabatda bo‘lish — barchamizning muhim vazifamizdir. Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan yurtimiz obodligi va ekologik tozaligiga o‘z hissamizni qo‘shdik! Tabiatni asrash — kelajakni asrashdir! Toza va obod muhit yaratish yo‘lida birgalikda harakat qilamiz! Yashil qo‘llar — obod yurt sari!

Tadbirlar

 153

Yosh ekologlar amaliy mashg‘ulotlarda bilim va ko‘nikmalar mustahkamlandi

O‘zbekiston Ekologik partiyasi "Yosh ekologlar" qanoti tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan "Eko volontyorlar" loyihasining II mavsumi doirasida navbatdagi tadbirlar ham qiziqarli tarzda, amaliy mashg‘ulotlar bilan o‘tkazildi.Tadbir davomida ishtirokchilar O‘zbekistondagi ekologik muammolar, ularni hal etishda jamoat tashkilotlarining o‘rni, shuningdek, ekologiya va inson salomatligi o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishdi."Ekolog.uz" rahbari, taniqli eko-jurnalist Nargiza Qosimova "O‘zbekistonda ekologik muammolarga qarshi Ekolog jamoat birlashmasi qanday kurashmoqda?" mavzusida ishtirokchilarga atroflicha ma’lumot berdi Toshkent davlat tibbiyot universitetining 6-kurs talabalari, "Salomatlik volontyorlari" koordinatorlari Ilyosbek Tojialiyev va Abdulaziz Abduhamidov ishtirokchilarga birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha zarur ma’lumot va amaliy tavsiyalarni berdilar.

Tadbirlar

 147

“Eko-volontyorlar” loyihasining yangi mavsumiga start berildi!

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Muhandislik fakulteti talabalari “Eko-volontyorlar” loyihasining 2-mavsumida faol ishtirok etdilar. O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashida “Eko-volontyorlar” loyihasining yangi mavsumiga start berilib, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyatni yuksaltirish va tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga intilayotgan faol yoshlar jamlandi. Loyiha doirasidagi ilk trening mashg‘ulotida uning maqsad va vazifalari, mazmun-mohiyati, amalga oshirilgan amaliy ishlar hamda kelgusidagi tashabbuslar haqida ma’lumotlar berildi. Trening davomida yoshlarning jamoaviy faoliyatini rivojlantirish, ekologik madaniyatni oshirish, atrof-muhitni asrash va aholining ekologik mas’uliyatini kuchaytirishga qaratilgan g‘oyalar yuzasidan fikr almashildi.Yashil kelajak — bugungi ezgu tashabbuslarimizdan boshlanadi! Biz tabiatni asrashga befarq emasmiz!  

E'lonlar

 200

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Eko faol” ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Eko faol” professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi.    Tadbir davomida universitet hududiga 300 dan ortiq manzarali ko‘chatlar ekilib, yashil hududlarni kengaytirish va ekologik muhitni yaxshilashga munosib hissa qo‘shildi.    Mazkur tashabbus talaba-yoshlar orasida ekologik madaniyatni yuksaltirish va tabiatga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

E'lonlar

 180

Barchangizni “Qog'ozsiz bir kun" ekoaksiyasida faollikka chorlaymiz!

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetida har oyning so‘nggi jumasida “Qog‘ozsiz bir kun” ekoaksiyasi o‘tkaziladi. Mazkur tashabbus doirasida:     🗂 hujjatlar elektron shaklda yuritiladi;     🗞 qog‘oz sarfi qisqartiriladi;     🌐raqamli boshqaruv tizimlari keng joriy etiladi;     📊 ekologik barqarorlikka hissa qo‘shiladi.🌱Bugungi kichik qadam — ertangi yashil kelajak uchun!

E'lonlar

 162

“Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi”

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 13–14-mart kunlari yurtimiz bo‘ylab “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi” shiori ostida umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur ezgu tadbir doirasida hududlarni obodonlashtirish, atrof-muhitni tozalash, yashil maydonlarni tartibga keltirish hamda ijtimoiy obyektlar atrofini saranjomlash ishlari amalga oshirilmoqda.    Toshkent arxitektura-qurilish universiteti professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talaba-yoshlari ham ushbu umumxalq hashari jarayonlarida faol ishtirok etib, universitet hududida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlarini olib bormoqda. Hashar davomida hududlar tozalanib, daraxtlar oqlanmoqda, gulzorlar tartibga keltirilmoqda hamda yashil hududlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

E'lonlar

 192

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari “Qishda qushlarga ko‘mak” ekologik aksiyasida faol ishtirok etdilar

    Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Menejment fakultetining eko-volontyor talabalari 2026-yil 3-fevral kuni — Xalqaro qushlarni oziqlantirish kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Qishda qushlarga ko‘mak” ekologik aksiyasida faol ishtirok etdilar.    Mazkur aksiya O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida o‘tkazildi. Tadbir davomida volontyor talabalar qish faslida qushlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tabiiy muhitini asrash va ekologik madaniyatni targ‘ib etishga qaratilgan ishlarda faol qatnashdilar.   Aksiya yakunida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Menejment fakulteti eko-volontyorlari Ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

E'lonlar

 204

"YASHIL TASHABBUS" TANLOVI BILAN KELAJAKNI OʻZGARTIRING!

    Sizda atrof-muhitni asrash boʻyicha innovatsion gʻoya yoki tayyor loyiha bormi? Unda ushbu tanlov aynan siz uchun! Respublika miqyosidagi "Yashil tashabbus" tanloviga arizalar qabul qilinmoqda.    Tanlov quyidagi 3 ta yoʻnalish boʻyicha oʻtkaziladi:     A yoʻnalishi: Atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishlarini yumshatish va chiqindilarni qayta ishlash.    B yoʻnalishi: Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish.    D yoʻnalishi: Innovatsion ekologik texnologiyalar, qurilmalar va veb-ishlanmalar.    Tanlov nizomi bilan tanishing: Arizalar qabuli: 20-fevralga qadar.Hududiy bosqich: 15-martga qadar.Respublika bosqichi: 10-aprelga qadar.    Arizalar faqat yashiltashabbus.uz platformasi orqali qabul qilinadi.     ⚠️ Eslatma: Har bir ishtirokchi faqat bitta loyiha bilan qatnashishi mumkin.    "Yashil energiya va innovatsion texnologiyalar orqali tabiatni asrashga oʻz hissangizni qoʻshing!

Yangiliklar

 296

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida ekologik xavfsizlikni ta’minlash va sog‘lom muhit yaratish maqsadida amaliy ishlar olib borildi.

Ekologiyaga befarq bo‘lmagan talaba-yoshlar hamda universitet hodimlari birgalikda universitet hududini tozalash ishlarini amalga oshirdilar. Yo‘laklar, piyodalar yo‘nalishlari hamda yashil maydonlar chang va to‘kilgan bargalardan tozalandi.Shuningdek, hududdagi barcha daraxtlar va yashil maydonlar suv purkagichlar yordamida namlantirilib, changdan xoli qilindi. Bu amaliy ishlar universitet hududining yanada toza, saranjom va qulay bo‘lishiga xizmat qildi. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti kelgusida ham ekologik xavfsizlik va toza muhitni ta’minlash bo‘yicha izchil ishlarni davom ettiradi.