Ekofaol talabalar
E'lonlar
299
“Akademik harakatchanlik” dasturi 2025-yil 4-mavsumiga kelib tushgan loyihalar orasida g‘oliblar aniqlandi
“Akademik harakatchanlik” dasturi 2025-yil 4-mavsumiga kelib tushgan loyihalar orasida g‘oliblar aniqlandi.Dasturga jami 194 ta loyiha kelib tushdi, shundan 92 ta loyiha 2-bosqich suhbatlariga tanlab olindi.2-bosqich natijalariga ko‘ra 29 ta loyiha muallifi g‘olib deb topildi va moliyalashtirishga tavsiya etildi.Shulardan biri, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti doktoranti: Madraymov Niyetbay AmangeldiyevichUning loyihasi:“Atrof-muhit barqarorligini saqlashda texnogen chiqindilardan samarali foydalanib, resurs tejamkor devorbop yengil beton buyumlarini ishlab chiqarish”. Universitetimiz jamoasi Madraymov Niyetbay Amangeldiyevichni ushbu yutuq bilan chin dildan tabriklaydi va unga kelgusidagi ilmiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi!
Yangiliklar
217
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida ekologiya yo‘nalishida tanlovlar o‘tkazildi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida “Ekologiya bilimdoni”, “Ekologik madaniyat targ‘ibotchisi”, “Eng faol ekovolontyor” va “Yilning eng yaxshi ekologiya himoyachisi” nominatsiyalari bo‘yicha tanlovlar o‘tkazildi.Tadbir doirasida ekologiya sohasiga oid dolzarb mavzularda talabalarning ilmiy-ijodiy ishlari taqdim etildi va ularning ekologik savodxonligini oshirishga qaratilgan tashabbuslari e’tirof etildi.Tanlovda talabalar quyidagi mavzularda faol ishtirok etdilar:“Ekologik muammolar”“Ozon qatlamining yemirilishi sabablari va oqibatlari”“Qurilish jarayonining atrof-muhitga ta’siri”“Ekofertilizer”“Ekologik madaniyat — barqaror kelajak garovi”“Chiqindilarni ekologiyaga ta’siri” Tanlov yakunida g‘oliblar aniqlanib, faol ishtirokchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. Tadbir talabalarda ekologik madaniyatni oshirish va atrof-muhitni asrashga mas’uliyat bilan yondashish ruhini mustahkamladi.
Tadbirlar
372
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Eko-innovation – 2025” tanlovi o‘tkazildi
Mazkur tanlov ekologik muammolarga innovatsion yechimlar topish, ilg‘or ishlanmalar va loyihalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratildi. Tanlov davomida talaba va yosh olimlar o‘z g‘oyalari hamda tashabbuslarini taqdim etib, atrof-muhitni muhofaza qilish, barqaror rivojlanish va yashil texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha amaliy loyihalarini namoyish etdilar.
Tadbirlar
485
Ekologik suhbat
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamda Muhandislik fakulteti “Qurilish va atrof-muhit muhandisligi” kafedrasi hamkorligida talaba-yoshlar ishtirokida “22-may – Xalqaro biologik xilma-xillik kuni”ga bag‘ishlab davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Yusupov Navruzbek Muqimjonovich, O‘zbekiston Ekologik partiyasi mutaxassisi Hamroyev Nusrat Ixtiyorovich hamda universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Mardov Sanjar Xudoyqulovich ishtirok etdi. Uchrashuv davomida biologik xilma-xillik va ekologik muammolarga oid muhim ma’lumotlar taqdim etildi. Suhbat yakunida mutaxassislar va talabalar o‘rtasida qiziqarli savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda faol ishtirok etganlar Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Tadbirlar
543
22-may – Xalqaro biologik xilma-xillik kuni
2025 yil 22 may kuni O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi hamda Toshkent arxitektura va qurilish universiteti bilan hamkorlikda talaba-yoshlar ishtirokida “22-may – Xalqaro biologik xilma-xillik kuni” bag‘ishab davra suhbati tashkil etildi.Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Navro‘zbek YuSUPOV “22-may – Xalqaro biologik xilma-xillik kuni” mavzusida muhim bo‘lgan ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.Ma’ruzada ta’kidlanganidek, bioxilma-xillik — bu Yerda mavjud bo‘lgan barcha hayot shakllarining, ya’ni genetik resurslar, turlar va ekotizimlar xilma-xilligining majmuasidir.Uning ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatini e’tirof etgan holda, 22 may sanasi BMTning 2000 yildagi qarori bilan rasman Xalqaro bioxilma-xillik kuni sifatida belgilandi. Ushbu sana 1992 yildagi Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi Konvensiyaning qabul qilingan sanasiga to‘g‘ri keladi.Navro‘zbek Yusupov - Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Ekologik partiya fraksiyasi a’zosi.
Tadbirlar
527
"Atrof muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili”
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakulteti tyutorlari D.Islamxadjayeva, M.Murodova, S.Nosirovalar boshchiligida talabalar uchun "Atrof muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” shiori ostida "ACHCHIQ KOʻL" hududiga sayohat tashkil qilindi. Sayohat jarayonida "Ona tabiatimizni asrash", atrof muhitni muhofaza qilish, ozodalikka rioya qilish boʻyicha tavsiyalar berildi, hamda talabalar 5 muhim tashabbusSport yoʻnalishi boʻyicha voleybol, futbol va badminton sport turlari bilan shugʻullandilar.
Tadbirlar
454
Toshkent arxitektura qurilish universiteti Muhandislik fakulteti talabalari tomonidan "Ekologiyaga oid bilimlar kuni” mavzusida "Loyiha ishlari" oʻyini boʻlib oʻtdi
Loyiha ishining asosiy maqsadi – talabalarga oʻz fikrlarini amaliyotga tatbiq etish imkoniyatini berish. Talabalar oʻzlarining qiziqishlari va muammolari boʻyicha loyiha yaratishadi, bu esa ularning bilimlarini mustahkamlashga va real hayot bilan bogʻlashga yordam beradi. Unda talabalar oʻrtasida ekologiya va atrof-muhitni asrashga oid bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan boʻlib, ushbu yoʻnalishda tahsil olayotgan talabalarning bilimlar bellashuvida faol ishtiroklari, oʻzaro tajribalar almashinishlari asnosida oʻta qizgʻin va taassurotlarga boy boʻldi.
Tadbirlar
540
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Yashil qurilish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Yashil qurilish” masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbirda Rossiya Federatsiyasidan taklif etilgan faxriy mehmon — fan nomzodi, dotsent, Rossiya arxitektura va qurilish fanlari akademiyasi (RAASN) maslahatchisi Andrey Benuj ishtirok etdi.Davra suhbatida quyidagi dolzarb mavzular muhokama qilindi: O‘zbekiston Respublikasida “yashil” qurilishni rivojlantirish strategiyalari;“Yashil” qurilish boʻyicha davlatlararo qoʻmita tashkil etish masalalari;“Yashil” standartlar bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yangilash ehtiyoji;Yashil moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish imkoniyatlari.Tadbir doirasida ishtirokchilar barqaror qurilish yondashuvlarini joriy etish, xalqaro tajribalarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish yuzasidan fikr almashdilar.
Tadbirlar
521
“Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik” shiori ostida “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston kasaba uyushmalari tashkil topganining 120 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tashabbusi bilan Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Mazkur tadbir “Yurt taraqqiyoti yo‘lida birlashaylik” shiori ostida o‘tkazilib, tarmoq kasaba uyushmasi tizimidagi davlat oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida bilim va tafakkur bellashuviga aylandi. Tadbir avvalida universitet rahbariyati va mehmonlar ishtirokida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Ushbu ezgu tashabbus bayramona ruhni yanada oshirdi. Tadbirning ochilish marosimi davlat madhiyasi ijrosi bilan boshlandi. Shundan so‘ng, hakamlar hay’ati tomonidan jamoalar tanishtirilib, intellektual bellashuvga rasmiy start berildi.“Zakovat” o‘yini do‘stona muhitda, yuqori saviyada o‘tkazildi.Unda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti Toshkent davlat transport universiteti Toshkent kimyo-texnologiyalar instituti Yangiyer filiali jamoalari faol ishtirok etdilar. Bellashuv yakunida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti jamoasi g'olib deb topildi. Tadbir yakunida barcha jamoalarga diplom va qimmabaho esdalik sovg‘alari topshirildi.