E'tibordasiz, e'tirofdasiz - aziz Ustozlar!

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 1-oktyabr - Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan universitet pedagog oʻqituvchilari,  xodimlari hamda faxriy professor-oʻqituvchilar ishtirokida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirni universitet rektori B.A.Tulaganov ustoz va murabbiylarni bugungi kasb bayramlari bilan tabriklab, kelajak egalariga ta'lim-tarbiya berish yoʻlidagi faoliyatlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilgan holda ochib berdi. Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Sh.S.Xidoyatov bayram mehmoni boʻlib, oʻzlarining dil isxorlari bilan barcha ta'lim sohasi vakillarini ushbu ulugʻ ayyom bilan muborakbod etdi. Vazirlik tomonidan bir qancha sovgʻalar topshirildi.

Iqtidorli talabalar tomonidan ko'plab kuy-qoʻshiqlar, she'r va raqslar ijro etilib ustozlarni bayram bilan tabriklandi.

Tadbir davomida universitet bir qator professor-oʻqituvchilari "Oliy ta'lim a'lochisi" koʻkrak nishoni hamda Kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan koʻp yillik samarali mehnati, kasbiga fidoiyligi va intellektual qobiliyati bilan yuksak hurmat va ehtiromga sazovor boʻlgan xodimlarga faxriy yorliq hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.