Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Toshkent arxitektura-qurilish niversitetiga tashrif buyurdi
Innovatsion Rivojlanish Agentligi direktori Rajabbayev
Sharof Raximberdiyevich Toshkent arxitektura-qurilish universitetiga tashrif
buyurdi. Tashrifdan maqsad – universitetning ilmiy, innovatsion va ta’lim
sohasidagi imkoniyatlari hamda yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdan iborat
bo‘ldi. Universitet rektori Baxrom Tulaganov delegatsiya a’zolarini universitet
bo‘ylab ekskursiya qildirib, oliygohning zamonaviy laboratoriyalari, o‘quv va
tadqiqot infratuzilmasi hamda xalqaro standartlarga mos shart-sharoitlari
haqida batafsil ma’lumot berdi. Tashrif davomida universitet va Innovatsion
Rivojlanish Agentligi o‘rtasida kelgusidagi hamkorlik masalalari muhokama
qilindi.