“Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusida davra suxbati tashkil etildi
Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini
boshqarish bo‘limi boshlig‘i M.Isakdjanov tomonidan talabalarga korrupsiyaning
jamiyat, ilm-fan va ayniqsa qurilish sohasi uchun qanday xavf tug‘dirishi
haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbirda Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻlimi
boshligʻi N.Kurbanova tomonidan universitetning "Odob-axloq" kodeksi
bilan tanishtirib oʻtdi.
Korrupsiya — adolatga, taraqqiyotga va eng muhimi, inson hayotiga tahdid
ekani ta’kidlandi. Talabalar adolatli va halol mehnat orqali haqiqiy mutaxassis
bo‘lish, poraga “yo‘q” deyish jasorat emas, balki vijdon va mas’uliyat belgisi
ekanini anglab yetishlari to‘g‘risida fikr bildirildi. Talaba yoshlarga
“korrupsiya kelajakni vayron qiladi, yoshlarning sofligi esa uni muhofaza
qiladi” degan fikr bilan amal qilishlari to‘g‘risida tushuncha berildi.
Talabalarga korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga oid murojaat
qilishlari uchun quyidagi aloqa kanallari to‘g‘risida ma’lumotlar berib
o‘tildi.
Murojat uchun: Email: taqukorrupsiyakomolaens@gmail.com, m.isakdjanov@taqu.uz
Telefon: +998555080314
Telegram: @taqu_corruption_bot , @Taqu_korrupsiya