“Korruptsiya – bilimga tahdid!” shiori ostida uchrashuv

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Korruptsiya – bilimga tahdid!” shiori ostida faol talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Korruptsiyaga qarshi kurashish va komplaens nazorati bo‘limi boshlig‘i M. Isakjanov olib bordi.

Suhbat davomida talabalarning taklif va mulohazalari tinglanib, universitetda antikorruptsiyaviy jamoatchilik nazoratini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Talabalar ta’lim jarayonida adolat, poklik va shaffoflikni ta’minlashda yoshlarning faol ishtiroki hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar.

Shuningdek, tashabbuskor talabalar guruhi shakllantirilib, kelgusida turli antikorruptsiyaviy tadbirlarni amalga oshirish rejalari belgilab olindi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi – universitetda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish, shuningdek, talabalar uchun pok, sog‘lom va adolatli ta’lim muhitini ta’minlashdan iboratdir.