Qo‘shma ta’lim dasturi asosida hamkorlik uchrashuvi
2025-2026 o‘quv yili uchun qo‘shma ta’lim dasturi
asosida o‘qitishni yanada kengaytirish, talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish
hamda boshqa yo‘nalishlarda hamkorlik doirasini kengaytirish maqsadida, Toshkent
arxitektura-qurilish Universitetiga Qozog‘iston Respublikasi Qizilo‘rda
universitetidan delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrif davomida turli masalalar
muhokama qilinib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura
mutaxassisliklariga 2025-2026 o‘quv yilida talabalarni qabul qilish bo‘yicha
kelishuvlarga erishildi.