"Rahbar va yoshlar" uchrashuvi

"Rahbar va yoshlar" uchrashuvi
"Rahbar va yoshlar" uchrashuvi
"Rahbar va yoshlar" uchrashuvi
"Rahbar va yoshlar" uchrashuvi
"Rahbar va yoshlar" uchrashuvi
"Rahbar va yoshlar" uchrashuvi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti "Rahbar va yoshlar uchrashuvi"da "Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz" mavzusida talaba-yoshlar bilan prafilaktik uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv Yunusobod tumani IIO FMB 4-sonli IIB boshlig‘i podpolkovnik N.Sanaev, Yunusobod tumani IIO FMB 4-sonli IIB HPB profilaktika katta inspektori mayor A.Shodiyev, Yunusobod tumani IIO FMB XPB Yoshlar masalalari bo‘yicha katta inspektor podpolkovnik G.Zarimova va Yunusobod tumani IIO FMB JQB Giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘limi tezkor vakili tomonidan olib borildi.     

Unda talabalarga "Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz" mavzusi boʻyicha bugungi kunda yoshlar orasida tarqalib borayotgan, giyohvandlik va axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etish, bu kabi illatlar domiga tushib qolishning yomon holatlari haqida ma’lumotlar berib oʻtildi.

Shuningdek, muloqot jarajonida talaba-yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil soha mutaxassislari tomonidan javob berildi.