Seysmik hududlarda baland binolarni loyihalash masalalariga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi
Unda qator yetakchi xorijiy va mahalliy ekspertlar,
soha olimlari hamda mutaxassislar ishtirok etdi. Anjumanda Toshkent arxitektura-qurilish
universiteti rektori, professor B.Tulaganov
va universitet prorektorlari ham qatnashdi va universitetda amalga
oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, seysmik xavfsizlikni ta'minlash
bo‘yicha ilg‘or yondashuvlar hamda xalqaro tajriba asosida shakllantirilayotgan
loyihalash standartlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, ishtirokchilar
bilan tajriba almashib, dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. Mazkur
anjuman sohada ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, yangi texnologiyalarni joriy
etish va seysmik barqaror infratuzilmani rivojlantirish yo‘lidagi muhim
platformalardan biri bo‘ldi.