Toshkent arxitektura-qurilish universiteti jamoasiga yangi rektor tanishtirildi
21-may kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetida tashkiliy
masalalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy ta’lim, fan
va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev, Yunusobod
tumani hokimi Bahodir Abduvaliyev, vazirlik hududiy boshqarmasi vakillari, oliy
ta’lim muassasalari rahbarlari, prorektorlar, universitet professor-o‘qituvchilari
hamda xodimlari ishtirok etdi. Tadbir davomida hukumat qaroriga asosan
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori lavozimiga tayinlangan
Bahrom To‘laganov rasmiy ravishda jamoaga tanishtirildi. So‘zga
chiqqanlar yangi rahbarning ilmiy salohiyati, kasbiy tajribasi va boshqaruv
qobiliyatini alohida ta’kidlab, unga mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyatlar
tilashdi.