Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Qurilish fakultetida “Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusida davra suxbati tashkil etildi.
Unda Korrupsiyaga qarshi
kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i
M.Isakdjanov tomonidan talabalarga korrupsiyaning jamiyat, ilm-fan va ayniqsa
qurilish sohasi uchun qanday xavf tug‘dirishi haqida tushuntirish ishlari olib
borildi.
Tadbirda Yoshlar
masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻlimi boshligʻi N.Kurbanova tomonidan
universitetning "Odob-axloq" kodeksi bilan tanishtirib oʻtdi.
Korrupsiya — adolatga,
taraqqiyotga va eng muhimi, inson hayotiga tahdid ekani ta’kidlandi. Talabalar
adolatli va halol mehnat orqali haqiqiy mutaxassis bo‘lish, poraga “yo‘q”
deyish jasorat emas, balki vijdon va mas’uliyat belgisi ekanini anglab yetishlari
to‘g‘risida fikr bildirildi. Talaba yoshlarga “korrupsiya kelajakni vayron
qiladi, yoshlarning sofligi esa uni muhofaza qiladi” degan fikr bilan amal
qilishlari to‘g‘risida tushuncha berildi.
Talabalarga korrupsiya va
manfaatlar to‘qnashuviga oid murojaat qilishlari uchun quyidagi aloqa kanallari
to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi.