Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori va universitet vakillari Toshkent shahrining Sergeli tumanida joylashgan “Jihozvent” ventilyatsiya zavodiga tashrif buyurishdi
Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad – ikki
tomonlama manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ilm-fan va ishlab chiqarish
integratsiyasini kuchaytirish, hamda kelgusidagi qo‘shma loyihalarni amalga
oshirish yuzasidan rejalarni muhokama qilishdan iborat bo‘ldi. Tashrif davomida
tomonlar o‘zaro tajriba almashish, talabalarni amaliyotga jalb etish va
ilmiy-texnikaviy loyihalarni birgalikda ishlab chiqish bo‘yicha qator
kelishuvlarga erishishdi.