Toshkent arxitektura-qurilish universitetida aksilkorrupsiya profilaktik tadbiri o‘tkazildi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Ofis registratori xodimlari
o‘rtasida korrupsiyaga qarshi profilaktik tadbir tashkil etildi.
Uchrashuvda universitet Korrupsiyaga qarshi kurashish
“komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M.Isakdjanov, Inson
resurslarini boshqarish bo‘limi boshlig‘i A.Tronevich hamda Toshkent davlat
yuridik universiteti vakili A. Yuldashev ishtirok etdilar. Ular xodimlarga
tegishli tushuntirish va tavsiyalar berishdi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — xodimlar orasida korrupsiya
xavf-xatarlarini oldindan bartaraf etish, qonuniylik va shaffoflik
tamoyillariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, hamda mas’uliyatni
oshirishdan iborat bo‘ldi.
Shuningdek, muhokamalar davomida korrupsiya huquqbuzarliklarining oqibatlari,
jazolarning muqarrarligi hamda bunday holatlarning nafaqat huquqiy, balki
axloqiy jihatdan ham og‘ir oqibatlarga olib kelishi alohida ta’kidlandi.