Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Kengash majlisi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Kengash majlisi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Kengash majlisi

Universitet Kengash majlisida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M.Isakdjanov bo‘lim tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda yangi o‘quv yiliga mo‘ljallangan rejalar haqida ma’lumot berdi.

Ta’kidlanganidek, o‘tgan davr mobaynida olib borilgan profilaktik tadbirlar natijasida universitetda korrupsion huquqbuzarliklarning kamayishiga erishildi. Shuningdek, shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan mexanizmlar joriy etildi. Yangi o‘quv yilida esa Vazirlik tomonidan belgilangan topshiriqlar asosida mazkur yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettirilishi qayd etildi.

Shu munosabat bilan, joriy yil mart oyida Prezidentimiz Milliy kengash yig‘ilishida ta’kidlagan quyidagi fikrlar yana bir bor eslatib o‘tildi:

“Korrupsiya – islohotlar yo‘lidagi eng katta to‘siq va g‘ovdir. Korrupsiyaga qarshi kurash – umummilliy vazifa, har bir vatanparvar insonning burchidir.”

Majlis yakunida halollik va mas’uliyat tamoyillariga qat’iy amal qilish, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik barcha uchun ustuvor vazifa ekani ta’kidlandi.