Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Registrator ofisi” faoliyati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 19-martdagi “Oliy taʼlim tashkilotlaridagi Registrator ofisi faoliyatini o‘rganish toʻgʻrisida”gi 111-son buyrug‘iga asosan Ishchi guruhi a’zolari B.A. Xolmirov va J.B. Xayitov 2025-yil 14-aprel kuni Toshkent Arxitektura-Qurilish Universitetida yangi tashkil etilgan Registrator ofisiga tashrif buyurishdi. Ishchi guruhi a’zolari Registrator ofisining tashkiliy-huquqiy asoslari, ko‘rsatilayotgan xizmat turlari va ofis menejerlari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. O‘rganish yakunida Ishchi guruhi tomonidan Registrator ofisi faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi