Toshkent arxitektura-qurilish universitetida xalqaro“Finding Meaning in the Ordinary: Urban Spaces of Tashkent” 2 kunlik workshop bo'lib o'tdi.

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Finding Meaning in the Ordinary: Urban Spaces of Tashkent” mavzusidagi xalqaro workshopning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni universitet rektori B.A. To‘laganov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Mazkur workshop Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va Germaniyaning Hochschule Darmstadt universiteti hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, uning doirasida Toshkent shahrining urbanistik makonlarini tahlil qilish, mavjud infratuzilmalarni o‘rganish va funksional takliflar ishlab chiqish ishlari yo‘lga qo‘yildi. Ochilish marosimidan so‘ng Germaniyadan tashrif buyurgan mutaxassislar universitet professor-o‘qituvchilari uchun maxsus master-klass darslarini o‘tkazishdi. Ushbu darslar tajriba almashinuvi, zamonaviy yondashuvlar hamda xalqaro amaliyotlarni o‘rganishga xizmat qilmoqda. Workshop ikki kun davomida turli amaliy mashg‘ulotlar, seminar va muhokamalar shaklida o‘tkazildi. Tadbir yakunida o‘z loyihalari bilan faol ishtirok etgan qatnashchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.