Universiteti rektori v.v.b B. Tulaganov boshchiligidagi delegatsiya TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetiga tashrif buyurdi
Toshkent
arxitektura-qurilish universiteti rektoriv.v.b B. Tulaganov
boshchiligidagi delegatsiya TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetiga tashrif
buyurdi. Ushbu tashrif davomida ikki universitet o‘rtasida ilmiy-texnik va
ta’lim sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, yangi tashabbuslar va
loyihalar bo‘yicha fikr almashish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuvda quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
-
Geotexnika ilmiy-innovatsion qo‘shma laboratoriyasini tashkil etish
konsepsiyasini ishlab chiqish, Ikki universitet o‘rtasida geotexnika sohasida
ilmiy-innovatsion qo‘shma laboratoriya tashkil etish bo‘yicha konsepsiya ishlab
chiqilishi va amaliyotga tatbiq etilishi ko‘zda tutilgan.
- Qurilish
muhandisligi maktabi faoliyatiga ikki universitet xodimlarini jalb etish,
TIQXMMI Milliy tadqiqot universitetida tashkil etilgan qurilish muhandisligi
maktabi faoliyatida ikki universitetning xodimlari hamkorlikda ishtirok
etishlari rejalashtirilgan.
- Oqova
kanallarni betonlash bo‘yicha ishchi guruh tashkil etish, Oqova kanallarni
betonlash sohasida ikki universitet olimlari hamkorligida ishchi guruh tashkil
etish va ushbu sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish masalalari ko‘rib
chiqildi.
- Ilmiy
hamkorlik va maqolalar chop etish, Qurilish muhandisligi, gidrotexnika
inshootlari va nasos stansiyalaridan foydalanish, shuningdek, gidrotexnika va
geotexnika muhandisligi yo‘nalishlarida tahsil oluvchi talabalar va soha
olimlari o‘rtasida hammualliflikda maqolalar chop etish hamda xalqaro
ilmiy-tadqiqot loyihalarida ishtirok etish rejalashtirilgan.
-
Megaloyihalarni amalga oshirish: Qurilish sohasidagi yirik loyihalarni amalga
oshirish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish va ularni birgalikda boshqarish masalalari
muhokama qilindi.
- Ushbu tashrif va uchrashuv natijasida ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va yangi ilmiy-texnik yutuqlarga erishish maqsadida bir qator qadamlar ko‘rilishi kutilmoqda.