Yangiliklar

Yangiliklar

 194

“Yoshlar ongiga tahdid – psixoaktiv moddalalar va giyohvandlik illati” mavzusida mahalla yoshlari oʻrtasida davra suhbati boʻlib oʻtdi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti “Qurilish mexanikasi va seysmik muhandislik” kafedrasi professor-oʻqituvchisi  Abdikarimov R. A  bilan Yunusobod tumani Ahilobod MFY bilan hamkorlikda “Mahalla yettiligi” doirasida “Yoshlar ongiga tahdid – psixoaktiv moddalalar va  giyohvandlik illati” mavzusida mahalla yoshlari oʻrtasida davra suhbati boʻlib oʻtdi.Bundan koʻzlangan maqsad - mahalla yoshlarining giyohvandlik va psixoaktiv moddalar (ayniqsa, tabletkalar) haqidagi xabardorligini oshirish, bu illatning salbiy oqibatlarini tushuntirish va shaxsiy himoya mexanizmlarini shakllantirishdan iborat. Ahilobod MFY raisi Murzametova M. R., Uchastka noziri, Juraev J. N. so‘zga chiqib, mahalla darajasida yoshlarni ma’naviy-axloqiy qo‘llab-quvvatlash, ularni ijtimoiy faollikka jalb qilish va yot g‘oyalardan himoya qilish bo‘yicha mahallada amalga oshirilayotgan ishlarni tushuntirdi. Mahallaning nazorat va monitoring tizimlarini mustahkamlash orqali tadbirlarning samaradorligini oshirish muhimligini ta’kidladi.

E'lonlar

 304

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakulteti talabalari diqqatiga!

Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish hamda xalqaro loyihalarda ishtirok etish maqsadida 2025-yil 22–28-dekabr kunlari Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va Xitoy Xalq Respublikasining Chongqing universiteti hamkorligida ikki bosqichli “Winter School” workshopi tashkil etilishi rejalashtirilgan.Workshop bosqichlari:1-bosqich — Toshkent arxitektura-qurilish universitetida2-bosqich — Xitoy Xalq Respublikasida, Chongqing universitetidaMazkur nufuzli xalqaro loyihada ishtirok etish uchun tanlov asosida faol va iqtidorli talabalar saralab olinadi.Ishtirokchilar uchun talablar:1. Ingliz tilida erkin muloqot qila olish (ingliz tilida muloqot majburiy);2. O‘z mutaxassisligi bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish;3. Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining 3-4 bosqich talabalari hamda magistratura talabalari.Batafsil ma’lumot va murojaat uchun:Arxitektura fakulteti ma’naviyat ishlari bo‘yicha dekan muovini Y. Mamasharipov 📞 Tel.: +998 97 155 17 55

E'lonlar

 272

Diqqat e'lon

2025-yil 15-dekabr kuni “Energa beruvchi muhandislik kommunikatsiyalari” fani doirasida “Suv chiqarish tizimlarining asosiy elementlari va ularning sxemalari” mavzusida dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tadi.Mashg‘ulot “Santex Pro Servis” tashkiloti ishtirokida o‘tkaziladi.🕔 Vaqti: 5-para📍 Auditoriya: 66-21👥 Guruh: 66-21 IKr guruhi, 4-bosqich Barcha tegishli talabalar mashg‘ulotda qatnashishlari so‘raladi.

E'lonlar

 204

Diqqat e'lon

Sizlarni 2025-yil 12-dekabr kuni soat 13:30 da “Aysel Inshaat” zavodi o’quv auditoriyasida  “Beton va temir-beton texnologiyasi” fanidan “Temir beton konstruksiyalarni ishlab chiqarishning konveyer usuli” mavzusida o‘tkaziladigan ochiq darsga taklif etamiz. O‘qituvchi: “Qurilish materiallari va konstruksiyalari texnologiyasi” kafedrasi katta o’qituvchisi, PhD  Abdazov Dilshod Raxmadjon o’g’li

E'lonlar

 229

Hurmatli professor-o‘qituvchilar va talabalar!

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Menejment  fakulteti O'zbek va xorijiy tillar kafedrasi PhD, v.b.professor M.M.Qambarova  tomonidan “Public speaking for urban projects” mavzusida ochiq dars o‘tkaziladi.Sana: 16-dekabr 2025-yilVaqt: 11:30 – 12:50 Joy: 2-bino, 420-xona

E'lonlar

 240

Hurmatli professor-o‘qituvchilar va talabalar!

Sizlarni 2025-yil 15-dekabr kuni soat 13:30 da Muhandislik fakultetining 3-binosi, 502-auditoriyasida “Binolarning energiya tejamkorlik kommunikatsiyalari” fanidan “Oqova suv qabul qiluvchilar, gidravlik zatvorlar, ularning tuzilishi va ishlash prinsiptlari” mavzusida o‘tkaziladigan ochiq darsga taklif etamiz. O‘qituvchi: “Muhandislik kommunikatsiyalari” kafedrasi v.v.b dotsenti Abbasova Adiba Ozodovna

E'lonlar

 223

Hurmatli professor-o‘qituvchilar va talabalar!

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakulteti, “Muhandislik grafikasi” kafedrasi dotsenti N.A.Aripova tomonidan “Pedagogning innovatsion faoliyati” mavzusida ochiq dars o‘tkaziladi.Sana: 19-dekabr 2025-yilVaqt: 13:30 – 14:50Joy: 1-bino, 106-xona

E'lonlar

 259

Diqqat e'lon

Professor-o‘qituvchilar va talabalar diqqatiga! 17 dekabr 2025 yil soat 15-00 da, Toshkent arxitektura-qurilish universitetining 3-binosi 106-xonada Issiqlik izolyatsiyalovchi materiallarning energiya samaradorligi fanida “Energiya samarador issiqlik izolyatsiyalovchi materiallarning ekspluatatsion xossalarini prognozlash” mavzusi bo‘yicha ochiq darsga (ma’ruza) taklif etamiz.68-23 ATo‘z, 69-23 ATo‘z Ma’ruzachi: “Qurilish va atrof-muhit muxandisligi” kafedrasi professor v.b. Majidov S.R.

Yangiliklar

 209

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Halollik soati” nomli interaktiv suhbat tashkil etildi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti professor-o‘qituvchilari hamda tyutorlar boshchiligida barcha fakultetlarda talaba-yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, korrupsiyaning salbiy oqibatlari haqida chuqur tushuncha berish hamda halollik va adolat tamoyillarini mustahkamlash maqsadida “Halollik soati” nomli interaktiv suhbat tashkil etildi.Unda korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri, uning iqtisodiy va ma’naviy oqibatlari haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, korrupsiyaviy holatlarning oldini olishda har bir fuqaroning, ayniqsa, yoshlarning faol fuqarolik pozitsiyasi muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlandi.Suhbat davomida talabalar halollik, mas’uliyat, vijdon va adolat tamoyillarining hayotdagi o‘rnii borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar yoshlarning huquqiy ongi va fuqarolik mas’uliyatini oshirish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.