Yangiliklar
Tadbirlar
197
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida oliy ta’limdan keyingi ta’lim oluvchi izlanuvchilarning chorak monitoringi o‘tkazildi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimida tahsil olayotgan izlanuvchilarning ilmiy faoliyatini baholashga qaratilgan chorak monitoring jarayonlari bo‘lib o‘tdi. Monitoring davomida izlanuvchilarning dissertatsiya mavzusi doirasidagi ilmiy izlanishlar holati, amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda kelgusidagi rejalar atroflicha muhokama qilindi. Ilmiy rahbarlar tomonidan izlanuvchilarning faoliyatiga doir tegishli tavsiyalar berildi. Monitoring natijalari asosida ilmiy izlanishlarning sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishini ta'minlash maqsadida zarur chora-tadbirlar belgilandi.
Tadbirlar
182
Toshkent arxitektura-qurilish universitetining 1-sonli talabalar turar joyida talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Tadbirda universitetning yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha prorektori S. Mardov ishtirok etib, talabalar bilan ochiq muloqot olib bordi. Uchrashuv davomida talabalar turar joyida yaratilgan sharoitlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. Prorektor yotoqxonadagi yashash sharoitlarini yanada yaxshilash, taʼlim va maʼnaviy muhitni boyitish borasida talabalar bilan fikr almashdi.
E'lonlar
163
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti mard va jasur yigitlari diqqatiga!
“Amir Temur vorislari” harbiy-sport spartakiadasini eʼlon qilamiz!Musobaqa 3 bosqichda boʻlib oʻtadi hamda 2 ta shart asosida baholanadi. 1-shart: oʻquv granatasini uzoqlikka uloqtirish sharti; 2-shart: turnikda tortilish sharti.Musobaqaning yakuniy 3-bosqichida 1-oʻrin gʻolibligini qoʻlga kiritgan jamoaning har bir aʼzosi universitet faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlanadi. Universitetimiz mard va jasur, oʻziga ishongan yigitlarimizni musobaqada faol ishtirok etishlarini soʻraymiz. Kuchingizni sinab koʻring va gʻoliblikni qoʻlga kiriting. Quyidagi silka orqali tanlov nizomi bilan tanishib chiqishingiz mumkin.https://taqu.uz/storage/files/102-ilova%20Nizom-20250403103514.pdf
E'lonlar
215
E'lon
Talaba-yoshlar oʻrtasida 2025-yilning mart-aprel oylarida “Vatanni madh etib” eng yaxshi videoroliklar tanlovini eʼlon qilamiz!“Vatanni madh etib” eng yaxshi videoroliklar tanlovining final bosqichida 1-, 2-, 3-oʻrinni egallagan ishtirokchi yoki jamoalar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan vazirlikning diplomi hamda oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan (daromad soligʻi qoʻshib hisoblangan) quyidagi tartibda: 1-oʻrin – 20 million soʻm,2-oʻrin – 15 million soʻm,3-oʻrin – 10 million soʻm pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.Barcha iqtidorli talabalarni faol ishtirok etishlarini soʻrab, omad tilab qolamiz!Quyidagi silka orqali tanlov nizomi bilan tanishib chiqishingiz mumkin.https://taqu.uz/storage/files/107-2-ilova%20Nizom-20250403102738.pdf
E'lonlar
186
E'lon
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Qurilish konstruksiyalarini loyihalashda komputer texnalogiyalari kafedrasi o’qituvchisi Azimov Aliasqar Alisher o’g’li “Yangi grunt sistemasidan foydalanib grunt zaminli konsturuksiyaning geometriyasini yaratish” mavzusida seminar o’tkazadilar.2-aprel16:301-bino 403-xona
E'lonlar
196
Germaniya tadqiqot fondi tomonidan belgilangan yo'nalishlarda tanlov e'lon qiladi
Germaniya tadqiqot fondi (DFG - Deutsche Forschungsgemeinschaft)tomonidan O‘zbekiston uchun quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlarinibajarish belgilangan:Raqamlashtirish va aqlli texnologiyalar;Barqaror shaharsozlik va aqlli shaharlar;Qayta tiklanadigan energiya va resurslarni boshqarish.Mazkur yo‘nalishdagi tanlovga joriy yilning 15-apreliga qadar hujjatlar qabul qilinadi. Qo‘shimcha ma’lumot va loyiha shakllari uchun havola: https://www.dfg.de/en/news/news-topics/announcements-proposals/2025/ifr-25-22
E'lonlar
178
2025/2026 oʻquv yili uchun Latviya davlat tadqiqotlari stipendiyalariga arizalar qabul qilish 1 -aprelgacha
2025/2026 oʻquv yili uchun Latviya davlat tadqiqotlari stipendiyalariga arizalar qabul qilish 2025-yil 1-aprelgacha ochiq boʻladi. Barcha tegishli maʼlumotlar Taʼlimni rivojlantirish davlat agentligining https://www.vian.gov.lv/en/latvian-state-scholarships veb-saytlarida va Study in Latviya veb-saytida eʼlon qilingan https://studvinlatvia.lv/scholarships . Latviya universitetlarida o‘qish haqida ma’lumot, mavjud o‘quv dasturlari va amaliy ma’lumotlarni Latviya Study veb-saytida topishingiz mumkin www.studyinlatvia.lv
Yangiliklar
250
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va Oʻsh Texnika universiteti oʻrtasida keng qamrovli hamkorlik yoʻlga qoʻyildi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti xalqaro hamkorlik doirasida xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini kengaytirish maqsadida Qirg‘iziston Respublikasining O‘sh shahridagi O‘sh Texnika universiteti bilan oʻzaro hamkorlikni mustahkamladi. 2025-yil 26-mart kuni O‘sh Texnika universiteti rahbariyati va professor-o‘qituvchilaridan iborat 7 kishilik delegatsiya Toshkent arxitektura-qurilish universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida magistratura mutaxassisliklari va bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Mehmonlar universitetning zamonaviy moddiy-texnik bazasi, ilmiy va ta’lim laboratoriyalari, axborot-resurs markazi talabalar turar joylari hamda talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu uchrashuv ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlash, ilmiy va akademik tajriba almashinuvini kengaytirish hamda sifatli kadrlar tayyorlash jarayonlarini yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Kelgusida tomonlar o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish va xalqaro darajadagi mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirish rejalashtirilgan.
Tadbirlar
201
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti “Qurilish” fakultetida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti “Qurilish” fakultetida Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi M. Isakjonov va fakultet dekani A. Abdullayev ishtirokida 1-kurs talabalari bilan “Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida talabalar bilan korrupsiyaning salbiy oqibatlari, uning jamiyat taraqqiyotiga ta’siri hamda unga qarshi kurashish yo‘llari muhokama qilindi. Shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy kengash yig‘ilishida Davlat rahbari tomonidan bildirilgan “Islohotlarimiz natijadorligi avvalo, sadoqatli, fidoyi va korrupsiyaga toqatsiz yangi avlodga bevosita bog‘liq. Bu ishda fikri toza yosh avlodni tarbiyalash ustuvor vazifaga aylanishi shart” degan fikrlardan kelib chiqib, barcha talabalar universitetda yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanib, chuqur bilim olish va korrupsiyaga nisbatan murosasiz bo‘lishga chaqirildi. Tadbir yakunida talabalar korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq masalalar yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limiga murojaat qilish tartibi hamda universitetda joriy etilgan korrupsiya haqida xabar berish aloqalari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘ldilar.