Yangiliklar
Tadbirlar
156
Yosh ekologlar amaliy mashg‘ulotlarda bilim va ko‘nikmalar mustahkamlandi
O‘zbekiston Ekologik partiyasi "Yosh ekologlar" qanoti tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan "Eko volontyorlar" loyihasining II mavsumi doirasida navbatdagi tadbirlar ham qiziqarli tarzda, amaliy mashg‘ulotlar bilan o‘tkazildi.Tadbir davomida ishtirokchilar O‘zbekistondagi ekologik muammolar, ularni hal etishda jamoat tashkilotlarining o‘rni, shuningdek, ekologiya va inson salomatligi o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishdi."Ekolog.uz" rahbari, taniqli eko-jurnalist Nargiza Qosimova "O‘zbekistonda ekologik muammolarga qarshi Ekolog jamoat birlashmasi qanday kurashmoqda?" mavzusida ishtirokchilarga atroflicha ma’lumot berdi Toshkent davlat tibbiyot universitetining 6-kurs talabalari, "Salomatlik volontyorlari" koordinatorlari Ilyosbek Tojialiyev va Abdulaziz Abduhamidov ishtirokchilarga birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha zarur ma’lumot va amaliy tavsiyalarni berdilar.
Tadbirlar
150
“Eko-volontyorlar” loyihasining yangi mavsumiga start berildi!
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Muhandislik fakulteti talabalari “Eko-volontyorlar” loyihasining 2-mavsumida faol ishtirok etdilar. O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashida “Eko-volontyorlar” loyihasining yangi mavsumiga start berilib, atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyatni yuksaltirish va tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga intilayotgan faol yoshlar jamlandi. Loyiha doirasidagi ilk trening mashg‘ulotida uning maqsad va vazifalari, mazmun-mohiyati, amalga oshirilgan amaliy ishlar hamda kelgusidagi tashabbuslar haqida ma’lumotlar berildi. Trening davomida yoshlarning jamoaviy faoliyatini rivojlantirish, ekologik madaniyatni oshirish, atrof-muhitni asrash va aholining ekologik mas’uliyatini kuchaytirishga qaratilgan g‘oyalar yuzasidan fikr almashildi.Yashil kelajak — bugungi ezgu tashabbuslarimizdan boshlanadi! Biz tabiatni asrashga befarq emasmiz!
E'lonlar
192
Huquqiy axborot sifatida tarqatilishi koʻzda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati
Barchamiz bilishimiz zarur bo'lgan yangi huquqiy axborot sifatida tarqatilishi koʻzda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati
E'lonlar
256
Qo‘shma ta’lim dasturlariga kirish imtihonlari natijalari
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida qo‘shma ta’lim dasturlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha 2026-yil 23-sentabr kuni o‘tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilindi. Imtihon o‘tkazilgan ta’lim yo‘nalishlari:🔹 70730102-Arxitekturanazariyasi va tarixi, arxitektura yodgorliklarini tiklash Eslatma: Imtihon komissiyasi tomonidan tasdiqlangan natijalarni qayd etish varag‘iga asosan, imtihonda ishtirok etgan komissiya a’zolari tomonidan qo‘yilgan ballarning o‘rtacha ko‘rsatkichi 30 foiz va undan yuqori bo‘lgan taqdirda, abituriyent imtihondan o‘tgan hisoblanadi.
E'lonlar
211
Raxmatillayeva Zilola Zokirjon qizining texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
Raxmatillayeva Zilola Zokirjon qizining 18.00.02 – «Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar-joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi» (texnika) ixtisosligi bo‘yicha “Arxitektura muhitini loyihalash jarayonlarini sun’iy intellekt vositalari yordamida optimallashtirish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2026.09.01.T.03.M raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 5-oktyabr kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi Manzil: Toshkent shahri, Yangi Shahar ko‘chasi, 9-uy. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, 4-bino 5-qavatda Faollar zalida. e-mail: devon@taqu.uzOnlayn ko’rish uchun havola: Batafsil…
E'lonlar
218
Hurmatli abituriyentlar va talabalar!
Hurmatli abituriyentlar va talabalar! 2026/2027 o'quv yilida Toshkent arxitektura-qurilish universitetining bakalavriat va magistraturasida o'qish istagini bildirgan abituriyentlar, shuningdek, o'qishi ko'chirilgan (ko'chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalarga diqqatiga! Bazaviy to'lov-kontrakt bo'yicha bir yillik oʻqitish qiymatining 25% Tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt bo'yicha bir yillik o'qitish qiymatining 50%miqdoridagi to'lovlarni amalga oshirish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so'nggi muddati 2026-yil 15-oktabr (shu kuni ham) To'lovlarni belgilangan muddatda amalga oshirish va talabalikka qabul qilishni rasmiylashtirishni kechiktirmaslik so'raladi. Mazkur muddat O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2026-yil 19-sentabrdagi 02/29-8141-son xati asosida belgilangan. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
E'lonlar
207
“Hududning eng yaxshi 100 ta innovatsion loyihalari”
DIQQAT, TANLOV! Xotin-qizlar o‘rtasida “Hududning eng yaxshi 100 ta innovatsion loyihalari” tanloviga arizalar qabul qilinmoqda.👩🔬 Tanlovda ilmiy-tadqiqot, innovatsion, texnologik, ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xotin-qizlar ishtirok etishi mumkin.🌐 Ro‘yxatdan o‘tish va loyiha topshirish: Innomarket.uz elektron platformasi orqali.📅 Arizalar qabul qilish muddati: 2026-yil 30-sentabr, soat 23:59 gacha.🔎 Saralash: 1–15-oktabr.🏆 Eng yaxshi TOP-100 loyiha 27–29-oktabr kunlari “InnoWeek.Uz–2026” doirasida namoyish etiladi.✨ G‘oyangiz bo‘lsa, imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!📲 TAQU Ilmiy tadqiqot ishlari boshqarmasi: https://t.me/taqu_itib #Tanlov #Innovatsiya #InnoWeek2026 #IlmiyTadqiqot #TAQU
E'lonlar
130
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida tahsil olayotgan chet ellik talabalar o‘rtasida o‘zbek tilidan respublika olimpiadasi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida tahsil olayotgan chet ellik talabalar o‘rtasida o‘zbek tilidan respublika olimpiadasining 1-bosqichi o‘tkaziladi.💠 Olimpiada sanasi: 2026-yil 25-sentabr💠 Vaqti: soat 11:00💠 Manzil: Bosh bino, 5-qavat, 502-xona Shuningdek, 2026-yil 21-sentabr kuni soat 11:30 da chet ellik talabalar hamda professor-o‘qituvchilar uchun o‘zbek tilidan respublika olimpiadasini tashkil etish va o‘tkazish tartibi bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi. Murojaat uchun mas’ullar:📞 R. Turdibekova — +998 95 077 74 10📞 Z. Tagayev — +998 97 775 02 54📞 O. Sharipov — +998 99 330 75 16
E'lonlar
125
Axmedov Shaxobiddinxon Abbos o‘g‘lining texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
Axmedov Shaxobiddinxon Abbos o‘g‘lining 18.00.02 - “Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi” (texnika) ixtisosligi bo‘yicha “Shaharlarda avtomobil to‘xtash va saqlash joylarini rejalashtirish usullarini takomillashtirish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi PhD.03/2026.09.01.T.03.M raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 7-oktabr kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.Manzil: 100194, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Yangishahar ko‘chasi, 9A-uy. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.Tel.: +99855 508-02-95e-mail: devon@taqu.uzOnlayn ko’rish uchun havola: Batafsil…
