Yangiliklar

E'lonlar

 165

Diqqat e'lon

2025-yil 15-dekabr kuni “Energa beruvchi muhandislik kommunikatsiyalari” fani doirasida “Suv chiqarish tizimlarining asosiy elementlari va ularning sxemalari” mavzusida dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tadi.Mashg‘ulot “Santex Pro Servis” tashkiloti ishtirokida o‘tkaziladi.🕔 Vaqti: 5-para📍 Auditoriya: 66-21👥 Guruh: 66-21 IKr guruhi, 4-bosqich Barcha tegishli talabalar mashg‘ulotda qatnashishlari so‘raladi.

E'lonlar

 119

Diqqat e'lon

Sizlarni 2025-yil 12-dekabr kuni soat 13:30 da “Aysel Inshaat” zavodi o’quv auditoriyasida  “Beton va temir-beton texnologiyasi” fanidan “Temir beton konstruksiyalarni ishlab chiqarishning konveyer usuli” mavzusida o‘tkaziladigan ochiq darsga taklif etamiz. O‘qituvchi: “Qurilish materiallari va konstruksiyalari texnologiyasi” kafedrasi katta o’qituvchisi, PhD  Abdazov Dilshod Raxmadjon o’g’li

E'lonlar

 121

Hurmatli professor-o‘qituvchilar va talabalar!

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Menejment  fakulteti O'zbek va xorijiy tillar kafedrasi PhD, v.b.professor M.M.Qambarova  tomonidan “Public speaking for urban projects” mavzusida ochiq dars o‘tkaziladi.Sana: 16-dekabr 2025-yilVaqt: 11:30 – 12:50 Joy: 2-bino, 420-xona

E'lonlar

 134

Hurmatli professor-o‘qituvchilar va talabalar!

Sizlarni 2025-yil 15-dekabr kuni soat 13:30 da Muhandislik fakultetining 3-binosi, 502-auditoriyasida “Binolarning energiya tejamkorlik kommunikatsiyalari” fanidan “Oqova suv qabul qiluvchilar, gidravlik zatvorlar, ularning tuzilishi va ishlash prinsiptlari” mavzusida o‘tkaziladigan ochiq darsga taklif etamiz. O‘qituvchi: “Muhandislik kommunikatsiyalari” kafedrasi v.v.b dotsenti Abbasova Adiba Ozodovna

E'lonlar

 132

Hurmatli professor-o‘qituvchilar va talabalar!

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakulteti, “Muhandislik grafikasi” kafedrasi dotsenti N.A.Aripova tomonidan “Pedagogning innovatsion faoliyati” mavzusida ochiq dars o‘tkaziladi.Sana: 19-dekabr 2025-yilVaqt: 13:30 – 14:50Joy: 1-bino, 106-xona

E'lonlar

 183

Diqqat e'lon

Professor-o‘qituvchilar va talabalar diqqatiga! 17 dekabr 2025 yil soat 15-00 da, Toshkent arxitektura-qurilish universitetining 3-binosi 106-xonada Issiqlik izolyatsiyalovchi materiallarning energiya samaradorligi fanida “Energiya samarador issiqlik izolyatsiyalovchi materiallarning ekspluatatsion xossalarini prognozlash” mavzusi bo‘yicha ochiq darsga (ma’ruza) taklif etamiz.68-23 ATo‘z, 69-23 ATo‘z Ma’ruzachi: “Qurilish va atrof-muhit muxandisligi” kafedrasi professor v.b. Majidov S.R.

Yangiliklar

 123

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Halollik soati” nomli interaktiv suhbat tashkil etildi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti professor-o‘qituvchilari hamda tyutorlar boshchiligida barcha fakultetlarda talaba-yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish, korrupsiyaning salbiy oqibatlari haqida chuqur tushuncha berish hamda halollik va adolat tamoyillarini mustahkamlash maqsadida “Halollik soati” nomli interaktiv suhbat tashkil etildi.Unda korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri, uning iqtisodiy va ma’naviy oqibatlari haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, korrupsiyaviy holatlarning oldini olishda har bir fuqaroning, ayniqsa, yoshlarning faol fuqarolik pozitsiyasi muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlandi.Suhbat davomida talabalar halollik, mas’uliyat, vijdon va adolat tamoyillarining hayotdagi o‘rnii borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar yoshlarning huquqiy ongi va fuqarolik mas’uliyatini oshirish, shuningdek, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbirlar

 188

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Penopleks” kompaniyasi ishtirokida seminar tashkil etildi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida talabalarni soha bo‘yicha yetuk mutaxassis sifatida shakllantirish, ularni amaliyotga yaqinlashtirish va mavjud hamkorliklarni yanada mustahkamlash maqsadida “Penopleks” kompaniyasi mas’ul xodimi Maxmud Jamalov ishtirokida seminar tashkil etildi.Tadbirda “Qurilish materiallari va konstruktsiyalari texnologiyasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari faol ishtirok etdilar.Seminar davomida:talabalar egallashi zarur bo‘lgan zamonaviy ko‘nikmalar,xalqaro sertifikatlarning shaxsiy va kasbiy rivojlanishdagi o‘rni,muvaffaqiyatli karyera qurish uchun muhim omillar kabi mavzular atroflicha yoritildi. Uchrashuv davomida talabalarning qiziqarli savollariga javob berildi, sohaga oid amaliy tavsiyalar taqdim etildi hamda universitet va sanoat korxonalari o‘rtasidagi hamkorliklarni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Yangiliklar

 216

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida yangi tashabbus!

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 1-bosqich talabalari orasidan “Aksilkorrupsiya volontyorlari” guruhi tashkil etildi. Mazkur loyihaning asosiy maqsadi — ta’lim muassasamizda halollik, shaffoflik va adolat tamoyillarini rivojlantirish, shuningdek, yoshlar orasida korrupsiyaga qarshi madaniyatni kuchaytirishdan iborat. Volontyorlarning dastlabki yig‘ilishida guruhning vazifalari, kelgusidagi rejalari hamda amalga oshiriladigan profilaktik tadbirlar yuzasidan muhokamalar olib borildi. Talabalar tashabbuskorlik bilan, faol va yuqori qiziqish bilan ishtirok etishdi.