Yangiliklar
E'lonlar
48
“Akademik harakatchanlik” dasturi 2025-yil 4-mavsumiga kelib tushgan loyihalar orasida g‘oliblar aniqlandi
“Akademik harakatchanlik” dasturi 2025-yil 4-mavsumiga kelib tushgan loyihalar orasida g‘oliblar aniqlandi.Dasturga jami 194 ta loyiha kelib tushdi, shundan 92 ta loyiha 2-bosqich suhbatlariga tanlab olindi.2-bosqich natijalariga ko‘ra 29 ta loyiha muallifi g‘olib deb topildi va moliyalashtirishga tavsiya etildi.Shulardan biri, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti doktoranti: Madraymov Niyetbay AmangeldiyevichUning loyihasi:“Atrof-muhit barqarorligini saqlashda texnogen chiqindilardan samarali foydalanib, resurs tejamkor devorbop yengil beton buyumlarini ishlab chiqarish”. Universitetimiz jamoasi Madraymov Niyetbay Amangeldiyevichni ushbu yutuq bilan chin dildan tabriklaydi va unga kelgusidagi ilmiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaydi!
Yangiliklar
66
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida ekologiya yo‘nalishida tanlovlar o‘tkazildi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida “Ekologiya bilimdoni”, “Ekologik madaniyat targ‘ibotchisi”, “Eng faol ekovolontyor” va “Yilning eng yaxshi ekologiya himoyachisi” nominatsiyalari bo‘yicha tanlovlar o‘tkazildi.Tadbir doirasida ekologiya sohasiga oid dolzarb mavzularda talabalarning ilmiy-ijodiy ishlari taqdim etildi va ularning ekologik savodxonligini oshirishga qaratilgan tashabbuslari e’tirof etildi.Tanlovda talabalar quyidagi mavzularda faol ishtirok etdilar:“Ekologik muammolar”“Ozon qatlamining yemirilishi sabablari va oqibatlari”“Qurilish jarayonining atrof-muhitga ta’siri”“Ekofertilizer”“Ekologik madaniyat — barqaror kelajak garovi”“Chiqindilarni ekologiyaga ta’siri” Tanlov yakunida g‘oliblar aniqlanib, faol ishtirokchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar. Tadbir talabalarda ekologik madaniyatni oshirish va atrof-muhitni asrashga mas’uliyat bilan yondashish ruhini mustahkamladi.
Tadbirlar
57
O‘ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARIGA — 120 YIL!
O‘zbekiston kasaba uyushmalarining 120 yilligi hamda 11-noyabr — “O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.Tadbirda hokimliklar vakillari, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o‘rinbosari B. Mahmadaliev, sohaviy kengashlar raislari, mehnat faxriylari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Bayram tadbiri doirasida mehnat jamoalaridagi fidokorona mehnati va kasaba uyushmasi faoliyatidagi hissasi uchun qator faol xodimlar taqdirlandi.
Tabrik
48
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Feruza Kasimova “Kasaba uyushmalari fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Kasaba uyushma qo‘mitasi raisi Feruza Kasimova “Kasaba uyushmalari fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Universitet jamoasi Feruza Kasimovani ushbu yuksak e’tirof bilan chin dildan tabriklaydi hamda uning kelgusidagi faoliyatida yanada katta yutuqlar va muvaffaqiyatlar tilaydi.
Yangiliklar
137
Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 2025-yil 9-noyabrdan 9-dekabrgacha davom etadigan Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish oyligiga start berildi.Mazkur oylik doirasida universitetda korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyatini yuksaltirish, halollik, shaffoflik va mas’uliyat tamoyillarini targ‘ib qilishga qaratilgan turli tadbirlar, seminarlar va chellenjlar tashkil etiladi. Barchani ushbu oylik doirasida o‘tkaziladigan tadbir va chellenjlarda faol ishtirok etishga chorlaymiz!
Yangiliklar
45
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida yangi Ilmiy kengash faoliyatini boshladi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi iqtisodiyot fanlari bo'yicha ilmiy darajalar beruchi PhD.26/12.02.2025.I.11.04 raqamli Ilmiy kengash o‘z faoliyatini boshladi.2025 yil 5 noyabr Ilmiy kengashning 1-sonli majlisida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti mustaqil tadqiqotchisi Kurbaniyazov Shaxzodbek Karimovichning 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” hamda 08.00.13 – “Menejment” tutash ixtisosliklari bo‘yicha tayyorlangan “Qurilish materiallari sanoati korxonalarida korporativ boshqaruvning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir universitetda iqtisodiyot sohasidagi ilmiy izlanishlarni qo‘llab-quvvatlash, ilmiy salohiyatni rivojlantirish va yosh olimlarni rag‘batlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
Tadbirlar
82
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Aksilkorrupsiya oyligi doirasida “Korrupsiyasiz ta’lim — adolatli kelajak kafolati!” shiori ostida “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” tadbiri o‘tkazildi
“9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Aksilkorrupsiya oyligi doirasida “Korrupsiyasiz ta’lim — adolatli kelajak kafolati!” shiori ostida “OCHIQ ESHIKLAR KUNI” tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda universitet Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M.Isakdjanov, Toshkent davlat yuridik universiteti kafedra mudiri o’rinbosari, dotsent, yuridik fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD) A.Yuldashev, Toshkent shahar Yunusobod tumani IIB XPB, profilaktika katta inspektori mayor A.Shodiyev, universitet Yoshlar masalalari va manaviy-ma’rifiy ishlar boshqarmasi boshlig‘i N.Kurbanova va Qurilish fakulteti dekani A.Abdullaev ishtirok etilar. Uchrashuv davomida korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, halollik va adolat tamoyillarini chuqur anglash, shuningdek, korrupsiyasiz muhitni shakllantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.Talabalarga o‘z bilimlarini halol yo‘l bilan egallash, o‘qish jarayonida adolat, mas’uliyat va vijdon tamoyillariga qat’iy amal qilish zarurligi ta’kidlab o‘tildi. Ularning har birining halol mehnati va adolatli yondashuvi mamlakat kelajagi uchun muhim omil ekani alohida qayd etildi.Tadbir ochiq muloqot shaklida o‘tkazilib, talabalar o‘z fikr va takliflarini bildirdilar, korrupsiyaga qarshi madaniyatni yuksaltirish borasida amaliy g‘oyalar ilgari surildi. Shuningdek, tadbir davomida 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan universitetda “Aksilkorrupsiya oyligi” e’lon qilingani ma’lum qilindi. Joriy oy davomida korrupsiyaga qarshi kurashish, halollik va shaffoflik tamoyillarini targ‘ib qilishga qaratilgan turli tadbirlar, uchrashuvlar hamda ma’naviy-ma’rifiy loyihalar o‘tkazilishi belgilab olindi. Shu jumladan, “Korrupsiyasiz ta’lim — adolatli kelajak kafolati!” mavzusida “Eng yaxshi rasm”, “Eng yaxshi insho” va “Eng yaxshi videorolik” kabi tanlovlar ham o‘tkazilishi rejalashtirilgani ta’kidlab o‘tildi. Mazkur tashabbus yoshlar o‘rtasida halollik, mas’uliyat va adolat ruhini mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, universitetda korrupsiyaga toqat qilinmaslik muhitini yanada kuchaytirish yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ldi.
Yangiliklar
96
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti "Muruvvat" nomli erkaklar internat uyida yashaydigan qariyalar va nogironligi bo‘lgan bemorlar holidan xabar oldilar
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti "Muruvvat" nomli erkaklar internat uyida yashaydigan qariyalar va nogironligi bo‘lgan bemorlar holidan xabar oldilar.Qariyalar va nogironligi bo‘lgan bemorlar uchun talabalar tomonidan sahna ko’rinishlari tashkil etildi.Tadbirda ishtirok etgan barcha ko‘tarinki kayfiyatda kuy va qo'shiqlarga raqsga tushdilar. “Muruvvat” nogironlar uyi raxbariyati ko‘rsatilgan e’tibor uchun universitet ma’muriyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirdilar.
Yangiliklar
92
Ustoz-shogird an'analari davom etmoqda
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Faxriylar kengashi bilan hamkorlikda “Ustoz-shogird” an’anasi nomli tadbir tashkil etildi.Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi arxitektura va qurilish sohasi Fahriylari kengashi aʼzosi, universitet Fahriylar kengashi raisi, texnika fanlari doktori, professori Asqarov Baxtiyor Asqarovich talabalarga ustoz-shogird an’anasining o‘rni va ahamiyati haqida so‘zlab berdi. Unda ustoz o‘zining ko‘p yillik ilmiy-pedagogik faoliyati, erishgan yutuqlari hamda hayotiy tajribalari bilan bo‘lishdi. Yosh avlodni ilmga intiluvchan, kasbiga sadoqatli va fidoyi bo‘lishga daʼvat etdi.
