Yangiliklar

E'lonlar

 124

Hurmatli professor-o‘qituvchilar va talabalar!

Sizlarni 2025-yil 26-noyabr kuni soat 10:00 da “BetoMAX Beton” MChJning Ma’muriyat binosida “Temir-beton konstruksiyalarini loyihalash” fanidan “Egiluvchi elementlarni normal kesim bo’yicha hisoblash asoslari va metodikasi” mavzusida o‘tkaziladigan ochiq darsga taklif etamiz. O‘qituvchi: “Qurilish materiallari va konstruksiyalari texnologiyasi” kafedrasi professori t.f.d. Akramov Xusnitdin Axrarovich

E'lonlar

 160

Toshpo’latov Salimjon Uyg’unjonovichning (PhD) dissertatsiyasi muhokamasiga taklif etamiz

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.26/30.12.2019.T.11.01 raqamli bir martalik Ilmiy kengash qoshidagi Bir martalik Ilmiy seminar yig‘ilishi 2025 yil 2 dekabr kuni soat 11:00 da o‘tkazilishi va uning kun tartibida quyidagi dissertatsiya muhokama etilishi belgilandi:Doktorant Toshpo‘latov Salimjon Uyg‘unjonovichning 05.09.01–“Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlari” ixtisosligi bo‘yicha “Seysmik kuchlar ta’sirida ko’p qavatli temirbeton karkasli binolar konstruksiyalarini kuchaytirishning ratsional yechimlarini eksperimental tadqiq qilish” mavzusida tayyorlagan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi.Ilmiy rahbarlar: t.f.d. k.i.x. Yuvmitov Anvar Sayfullayevich. Manzil: Yunusobod tumani, Yangishahar ko‘chasi 9-uy, 4-bino, 5-qavat, Faollar zali. Tel/faks: (55) 508-50-14, 508-03-12, e-mail: devon@taqu.uz

E'lonlar

 150

“UralStroyIndustriya” Xalqaro ko‘rgazma-forumi

2026-yil 25–27 fevral kunlari Ufa shahrida “UralStroyIndustriya” Xalqaro ko‘rgazma-forumi hamda “ProNedvijimost” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Tadbir tashkilotchilari — Bashkortostan Respublikasi Hukumatі, Respublika Qurilish va arxitektura vazirligi hamda “BVK” ko‘rgazma kompaniyasi.“UralStroyIndustriya” forumi Rossiya Federatsiyasi mintaqalarida uy-joy, transport, ijtimoiy va kommunal infratuzilmani yangi sifat darajasida rivojlantirish bo‘yicha yechimlar ishlab chiqiladigan yillik maydon bo‘lib, zamonaviy qurilish materiallari, raqamli yechimlar va innovatsion texnologiyalarni targ‘ib etishga xizmat qiladi.2025-yil yakunlariga ko‘ra, forumda Rossiyaning 16 mintaqasidan 90 ta kompaniya ishtirok etgan, 160 nafar spiker qatnashgan 23 ta tadbir o‘tkazilgan va ko‘rgazmani 7 300 nafar mutaxassis tashrif buyurgan.Joriy yilgi dastur doirasida qurilish tarmog‘ining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha 25 dan ortiq sohaga oid sessiyalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ular orasida:– qurilishda raqamli texnologiyalar qo‘llanilishi; – qonunchilikdagi o‘zgarishlar; – narx belgilash va normativlar; – uy-joy bozori, ko‘chmas mulk va ipoteka tendensiyalari; – assotsiatsiyalar va qurilish tashkilotlari o‘rtasidagi hamkorlik; – qurilish sohasida innovatsion mahalliy ishlanmalar.Shuningdek, B2B uchrashuvlar, master-klasslar, professional mahorat tanlovlari va ishlab chiqarish korxonalariga texnologik sayohatlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.Tadbirning markaziy qismi — “Rossiya qurilish sohasi: 2030 yil uchun maqsadlar, tendensiyalar va asosiy rivojlanish yo‘nalishlari” mavzusidagi Plenar sessiya bo‘ladi.Universitetning professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari Forumning biznes dasturi doirasida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ma’ruza bilan ishtirok etishga tashkilotchilar tomonidan taklif etilganligini ma’lum qilamiz.Batafsil ma’lumot uchun: +7 (347) 295-98-97, ar@bvkexpo.ru Rasmiy sayt: www.stroybvk.ru  

E'lonlar

 108

Hurmatli professor-o‘qituvchilar va talabalar!

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi v.v.b. dotsenti Nurjanova Zamira Xalimjanovna tomonidan rus tili fanidan o‘tkaziladigan ochiq darsga taklif etamiz.Sana: 2025-yil 21-noyabrVaqt: 10:00Joy: 1-bino, 503-xonaMavzu: “Выражение пространственных отношений в простом и сложном предложениях” Hurmatli professor-o‘qituvchilar va talabalar, sizni ushbu ochiq darsda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.

E'lonlar

 112

Huquqiy axborot sifatida tarqatilishi koʻzda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati

Barchamiz bilishimiz zarur bo'lgan  yangi huquqiy axborot sifatida tarqatilishi koʻzda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati

E'lonlar

 58

Yoshlar jinoyatga qarshi

Talabalarning xuquqiy ongini, madaniyatini shakllantirish doirasida “Biz jinoyatsiz kelajak sari” shiori ostida “Yoshlar jinoyatga qarshi” tanlovi.

E'lonlar

 124

J.D.Ergashovning (PhD) dissertatsiyasining himoya majlisiga taklif etamiz

2025 yilning 25 noyabr kuni soat 10:00 da J.D.Ergashovning (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi offline va online (masofaviy) tarzida o’tkazilishi rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan sizlarni Toshkent arxitektura-qurilish universiteti qoshidagi DSc.26/30.12.2019.T.11.01 raqamli ilmiy Kengashning himoya majlisiga taklif etamiz. Kun tartibi: Ergashov Jasurbek Dilmurodovichning 05.09.01-“Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar” ixtisosligi bo’yicha “Egiluvchi temirbeton elementlarda qo‘llaniladigan bazaltfibrobetonning mustahkamlik va deformatsion xususiyatlarining o‘ziga xosligi” mavzusidagi tayyorlagan doktorlik (PhD) dissertatsiyasi himoyasi.

E'lonlar

 89

Kitobxonlik seminarida faol bo'ling!

Mutaxassislari ishtirokida talabalar orasida kitobxonlikni targ‘iboti va kitob o‘qishga qiziqishlarinini oshirish maqsadida seminar treninglarda faol qatnashing

E'lonlar

 126

Komiljonov Muhammadsolih Sobirjon o‘g‘liningning (PhD) dissertatsiyasi muhokamasiga taklif etamiz

Komiljonov Muhammadsolih Sobirjon o‘g‘liningning 18.00.02 – Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar-joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi ixtisosligi boʻyicha “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/08.05.2024.A.11.02 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 20-noyabr kuni soat 10:00 dagi majlisida boʻlib oʻtadi. Ilmiy ish himoyasining manzili: 100011, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Yangi shahar koʻchasi, 9-uy, majlislar zali.