Yangiliklar

Tadbirlar

 49

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Xalqaro tabiiy ofatlarni kamaytirish kuni”ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

2025-yil 24-oktabr kuni TAQUda Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi hamda Yunusobod tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamkorligida “Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qilish” mavzusida tadbir tashkil etildi.Tadbir 13-oktababr – Xalqaro tabiiy ofatlarni kamaytirish kuni munosabati bilan o‘tkazilib, unda Bino va inshootlar qurilishi fakultetining 2-kursida tahsil olayotgan 120 nafar talaba hamda ularning o‘qituvchi-tyutorlari ishtirok etdilar.Tadbirda universitet Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi boshlig‘i O. Berdiyorov, yong‘in xavfsizligi instruktori R. Axunov, shuningdek Yunusobod tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari katta leytenant J. Xujamberdiyev va A. Abduazizovlar ishtirok etishdi.Tadbir davomida talabalar va o‘qituvchilarga favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligi qoidalari hamda bunday holatlarda to‘g‘ri harakatlanish tartibi haqida amaliy ko‘rsatmalar berildi. Tadbirning maqsadi yoshlarni ogohlikka, xavfsizlik qoidalariga rioya etishga va favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatishdir.

Yangiliklar

 42

"Rektor va yoshlar uchrashuvi"

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Rektor va yoshlar uchrashuvi” doirasida navbatdagi uchrashuv Muhandislik fakulteti talabalari bilan bo‘lib o‘tdi.Unda universitet rektori B.Tulaganov, Talabalar orasida ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini taʼminlashga maʼsul boʻlgan rektor maslaxatchisi N.Nishonboyev, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdilar.Tadbirni universitet rektori Tulaganov Bahrom Abdukabilovich kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z nutqida universitetda yoshlarga yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularning ilmiy-innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumot berdi. Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘laqonli javob oldilar.

E'lonlar

 83

Professor-o‘qituvchi va talabalar diqqatiga!

28 oktyabr 2025 yil soat 13-30 da “Muhandislik” fakulteting 3 binosi 301 honasida  “Qurilish ekologiyasi” fanidan “Tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asoslari” mavzusi bo’yicha ochiq ma’ruzaga taklif etamiz.

Tadbirlar

 46

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida ota-onalar kongressi o‘tkazildi

Kongressga universitetning barcha fakultetlari birinchi bosqich talabalarining ota-onalari taklif qilindi.Unda Rektor maslaxatchisi B.A.Asqarov, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar prorektori S.X.Mardov, Menejment fakultet dekani Z.M.Abduvaliyev, dekan muovinlari, tyutorlar hamda 1-bosqich talaba-yoshlarning ota-onalari ishtirok etishdi.               Tadbirda so‘z olganlar dastlab, universitetda talabalarni sifatli ta’lim olishlari, Kredit modul tizimi, amaliy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi.  Shuning bilan birga ota-onalarga universitet ichki tartib qoidalari, odob-ahloq qoidalari haqida ham tushuntirish ishlari olib borildi.

Yangiliklar

 42

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rahbariyati talabalarning yashash sharoitini o‘rgandi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori Baxrom Tulaganov va Yunusobod tumani IIO FMB 4-sonli IIB HPB profilaktika katta inspektori mayor A. Shodiyev bilan birgalikdaa ijara xonadonlarida yashayotgan talabalarning holidan xabar oldilarUchrashuv davomida talabalarning yashash sharoiti, uy ichidagi sanitariya holati, hamda ularning o‘qish va dam olish uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi. Shuningdek, ijara uyida kimlar bilan birga istiqomat qilayotgani, qo‘shnilar bilan munosabatlari, atrof muhitdagi xavfsizlik va tinchlik holati ham tahlil qilindi. Bundan tashqari talabalarga bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish, ta’limda yuqori natijalarga erishish, shuningdek, shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash, mehnat va ta’limda mas’uliyatli bo‘lish, oilaviy qadriyatlarni asrash hamda ijtimoiy faollikni oshirish borasida tavsiya va maslahatlar berildi.

Yangiliklar

 58

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida aholini ro‘yxatga olish mavzusida ochiq dars o‘tkazildi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida talabalar o‘rtasida aholini ro‘yxatga olish jarayonining mohiyati va ahamiyatiga bag‘ishlangan ochiq dars-maruza tashkil etildi. Tadbirda professor-o‘qituvchilar hamda turli fakultetlarning talabalari ishtirok etishdi.Maruza davomida ishtirokchilarga aholini ro‘yxatga olishning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi o‘rni, uning davlat boshqaruvidagi ahamiyati, shuningdek, statistik ma’lumotlarni shakllantirishdagi asosiy tamoyillari haqida atroflicha ma’lumot berildi.Shuningdek, ochiq darsda ro‘yxatga olish jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish, ma’lumotlarning aniqligi va shaffofligini ta’minlash, shuningdek, yoshlarning bu jarayondagi faol ishtiroki masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Yangiliklar

 45

Toshkent arxitektura-qurilish universitetining 1-sonli talabalar turar joyida talaba-qizlar bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetining 1-sonli talabalar turar joyida talaba-qizlar bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N. Kurbanova, Xotin-qizlar kengashi a’zolari, universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi F. Kasimova, shuningdek Yunusobod tumani IIO FMB 4-sonli IIB HPB profilaktika katta inspektori mayor A. Shodiyev ishtirok etdi. Uchrashuvda talaba-qizlarga odob-axloq, milliy qadriyatlar, oila mustahkamligi, yong‘in xavfsizligi va huquqiy madaniyat masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.Unda F. Kasimova “Oila mustahkamligi uchun barchamiz mas’ulmiz” mavzusida ma’ruza o‘qib, oila totuvligi va mehr-oqibat muhimligini ta’kidladi. Mayor A. Shodiyev TTJda xavfsizlik va tartib-intizomni ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi. R. Axunov esa yong‘in xavfsizligi qoidalari, evakuatsiya tartibi va 101 raqamiga tezkor murojaat qilish bo‘yicha amaliy maslahatlar berdi.Shuningdek, universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N. Kurbanova va xotin-qizlar kengashi a’zolari talabalarning qobiliyatlarini amaliy qo‘llab-quvvatlash, liderlik salohiyatini oshirish hamda faol jamoatchilikka jalb etish bo‘yicha qator takliflarni ilgari surdilar. Tadbir davomida talabalar yashash sharoitlarini yaxshilash, ijodiy to‘garaklar tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasida o‘z takliflarini bildirdilar. Uchrashuv iliq va samimiy ruhda o‘tib, talaba-qizlarda faollik, mas’uliyat va ijobiy hayotiy qarashlarni yanada mustahkamladi.

Yangiliklar

 60

Prezident farmoni mazmuni universitet jamoasiga yetkazildi

2025-yil 20-oktabr kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–184-sonli farmoni hamda PQ–309-sonli qarori mazmunini Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori Baxrom Tulaganov universitetning professor-o‘qituvchilari va xodimlariga batafsil bayon qildilar.Tadbir davomida rektor mamlakatimizda oliy ta’lim tizimini rivojlantirish, ilm-fan salohiyatini oshirish hamda ta’lim jarayonlarini zamonaviy talablarga moslashtirish borasida Prezident tomonidan ilgari surilgan ustuvor vazifalar haqida so‘z yuritdi.Shuningdek, farmon va qaror asosida universitet faoliyatida amalga oshiriladigan islohotlar, ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash, o‘qituvchilarning malakasini oshirish va talabalar uchun yaratiladigan yangi imkoniyatlar yuzasidan ham atroflicha ma’lumot berildi. Tadbir yakunida rektor jamoani belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda faollik va mas’uliyat bilan yondashishga chaqirdi.

Yangiliklar

 42

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Polsha Respublikasining Belostok Oliy iqtisodiyot universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Polsha Respublikasining Belostok Oliy iqtisodiyot universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv “Qo‘shma ta’lim dasturlari” doirasida olib borilayotgan hamkorlikni yanada rivojlantirishga bag‘ishlandi.Tadbirda Belostok Oliy iqtisodiyot universiteti rektori, Qozog‘iston Respublikasining Polshadagi faxriy konsuli, Polsha hukumati huzuridagi iqtisodiy rivojlanish bo‘yicha maslahatchi professor Aleksandr Prokopyuk, suv resurslarini boshqarish bo‘yicha xalqaro ekspert professor Marek Gromets, shuningdek PROEKO va BSK BIOGEST korxonalari rahbari, Belostok texnologiya universiteti sobiq prezidenti (2012–2020-yillar) professor Lex Dzenis ishtirok etdilar.Uchrashuv davomida 2025-yilda ikki universitet o‘rtasida imzolangan “Qo‘shma ta’lim dasturlari” doirasidagi hamkorlik natijalari muhokama qilindi. Ushbu yo‘nalish asosida 2025/2026-o‘quv yili uchun 45 nafar talaba Belostok Oliy iqtisodiyot universitetining magistratura dasturlariga qabul qilindi.Shuningdek, kelgusida hamkorlikni yanada kengaytirish, xususan:⬅bakalavriat bosqichida qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish;⬅talabalar almashinuvi dasturini amalga oshirish;⬅professor-o‘qituvchilar o‘rtasida tajriba almashish;⬅qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Mazkur uchrashuv Toshkent arxitektura-qurilish universitetining xalqaro aloqalarini yanada mustahkamlash, ta’lim sifatini oshirish hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.