Yangiliklar

Yangiliklar

 74

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Menejment” fakultetining birinchi bosqich talabalari ishtirokida “Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens-nazorat bo‘limi boshlig‘i M. Isakjanov hamda fakultet dekani Z. Abduvaliev ishtirok etdilar.Suhbat davomida ishtirokchilarga korrupsiyaning jamiyat va ta’lim tizimiga salbiy ta’siri, shuningdek, uning kelajak avlod rivojiga tahdid soluvchi omil ekanligi haqida batafsil ma’lumot berildi.Shuningdek, tadbir davomida talabalarga halollik, vijdon va mas’uliyat kabi insoniy qadriyatlarni hayotda ustuvor tamoyil sifatida shakllantirish zarurligi ta’kidlandi.Ma’ruzachilar yoshlarni korrupsiyaga nisbatan murosasiz bo‘lish, qonunlarga hurmat bilan yondashish hamda bilim va mehnat orqali muvaffaqiyatga erishishga chorladilar. Davra suhbati ochiq muloqot ruhida o‘tib, talabalar mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdilar, qiziqtirgan savollariga javob oldilar va faol ishtirok etishdi.

Yangiliklar

 54

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan hamkorlikda "Kelajak soati" rukni ostida "Maʼrifat darslari" boʻlib oʻtdi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan hamkorlikda "Kelajak soati" rukni ostida "Maʼrifat darslari" boʻlib oʻtdi. Unda "Jamiyat birdamligini ta’minlash boʻyicha loyihalarni muvofiqlashtirish boʻlim” boshligʻi satsiologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent Xidirov Suxrob Norboʻtayevich ishtirok etib oʻz maʼruzalari bilan chiqish qildi.

Yangiliklar

 48

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti professor-o‘qituvchisi Ayano Ohata bilan uchrashuv tashkil etildi

Toshkent arxitektura qurilish universiteti bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilari va Universitetda tashkil etilgan “Yapon tili va texnik ko‘nikmalarni qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi” professor-o‘qituvchisi Ayano Ohata bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Universitet “Yapon tili va texnik ko‘nikmalarni qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi” faoliyati, Universitetda yapon tilini xorijiy til sifatida o‘qitish bepul amalga oshirilishi, Universitet bitiruvchilarining Yaponiyadagi kompaniyalarga ishga joylashishlariga yordam ko‘rsatilishi, texnik mutaxassis vizasi, maxsus ko’nikma vizasi, egallanadigan ko’nikmalar, ko’nikma egallash kursi, Yaponiya kompaniyalaridagi ish haqlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

E'lonlar

 189

Diqqat e'lon

Hurmatli professor-o‘qituvchilar va talabalar!Sizlarni 2025-yil 21-oktyabr kuni soat 13.30 da Texnalogiya fakultetining 1-binosi, 106-auditoriyasida “Issiqlik texnikasi” fanidan “Gazlarning aralashisi bo'yicha amaliy masalalarni yechish” mavzusida o‘tkaziladigan ochiq darsga taklif etamiz. O‘qituvchi: “Muhandislik kommunikatsiyalari” kafedrasi dotsenti Sultanova Shaxzoda Yusufovna

E'lonlar

 175

Ergashov Jasurbek Dilmurodovichning (PhD) dissertatsiyasi muhokamasiga taklif etamiz

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.26/30.12.2019.T.11.01 raqamli ilmiy kengash qoshidagi Ilmiy seminar yig‘ilishi 2025 yil 23 oktyabr kuni soat 10:00da o‘tkazilishi va uning kun tartibida quyidagi dissertatsiya muhokama etilishi belgilandi:Talabgor Ergashov Jasurbek Dilmurodovich 05.09.01–“Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlari” ixtisosligi bo‘yicha “Egiluvchi temirbeton elementlarda qo‘llaniladigan bazaltfibrobetonning mustahkamlik va deformatsion xususiyatlarining o‘ziga xosligi” mavzusida tayyorlagan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi. Ilmiy rahbar: t.f.d. prof. Akramov Xusnitdin Axrarovich. Manzil: Yunusobod tumani, Yangishahar ko‘chasi 9-uy, 4-bino, 5-qavat Kovorking markazi. Tel/faks: (55) 508-50-14, 508-03-12, e-mail:devon@taqu.edu.uz.

Yangiliklar

 56

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi hamda Yunusobod tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari hamkorligida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Fuqaro va mehnat muhofazasi bo‘limi hamda Yunusobod tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari hamkorligida “Yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan holatda professor-o‘qituvchi, talabalar hamda ishchi-xodimlarning to‘g‘ri harakat qilishi bo‘yicha ko‘nikmalarini oshirish” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.Tadbir davomida avtomatlashtirilgan ovoz kuchaytirgich orqali “Diqqat! Diqqat! Zilzila!” degan shartli murojaat e’lon qilindi. Murojaatdan so‘ng professor-o‘qituvchilar va talabalar belgilangan xavfsiz yig‘ilish maydonlariga evakuatsiya qilinish amaliyotini bajarishdi.O‘quv mashg‘uloti Toshkent shahar Yunusobod tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi profilaktika va nazorat bo‘limi inspektori, katta leytenant Botir Lutfullaev hamda shu bo‘lim inspektori, katta leytenant Jamshid Xo‘jamberdiyevlar bilan hamkorlikda tashkil etildi. Mazkur mashg‘ulotda jami 110 nafar professor-o‘qituvchi va 2300 nafar talaba qatnashdi. Tadbir orqali universitet jamoasi favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlab, xavfsizlik sohasida amaliy tajriba orttirdilar.

Tadbirlar

 49

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida xalqaro konferensiya bo'lib o'tdi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamkorligida “Barqaror rivojlanish yo‘lida arxitektura va shaharsozlik muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.Mazkur nufuzli anjumanda Zaha Hadid Architects, XTU Architects, MAD Architects kabi yetakchi xorijiy arxitektura byurolari vakillari, mamlakatimiz bosh arxitektorlari, loyihalash tashkilotlari rahbarlari hamda tajribali mutaxassislar ishtirok etdilar. Tadbir davomida zamonaviy arxitektura, barqaror shaharsozlik va innovatsion qurilish texnologiyalariga bag‘ishlangan ma’ruzalar, panel sessiyalar hamda interaktiv muloqotlar o‘tkazildi.

E'lonlar

 183

Koreya Respublikasining Yongnam universitetida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha tahsil olish uchun e’lon qilingan stipendiya tanlovi

2026-yil bahor faslida Koreya Respublikasining Yongnam universitetida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha tahsil olish uchun e’lon qilingan stipendiya tanlovi to‘g‘risida ma’lumot yuborilmoqda.Yongnam universiteti tomonidan mazkur stipendiya dasturi doirasida quyidagi uchta asosiy ta’lim yo‘nalishlari taklif qilinmoqda:Semaul va xalqaro rivojlanish;Davlat siyosati va yetakchilik;Barqaror rivojlanish.Koreya tomonining ma’lumotiga ko‘ra, nomzodlar TAQU rahbariyati, o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari, doktorantlari, magistrantlari, talabalari qatoridan bo‘lishlari va muayyan talablarga javob berishlari lozim, ular hujjatlar natijalari asosida tanlab olinadilar.Dastur doirasida stipendiya sovrindorlari o‘qish to‘lovidan to‘liq ozod qilinadi hamda 12 oy davomida har oy stipendiya oladilar. Ushbu tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar arizalar va barcha zarur hujjatlarni ilova qilgan holda, 2025-yil 17-oktabrga qadar havolasi orqali on-line tarzda taqdim etishlari kerak.Mazkur dastur to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot uchun: Batafsil Elektron pochta manzillariga murojaat qilish mumkin.

E'lonlar

 381

Doktorantura, tayanch doktorantura va stajyor-tadqiqotchilikka hujjatlar qabuli boshlandi!

DOKTORANTURA, TAYANCH DOKTORANTURA VA STAJYOR-TADQIQOTCHILIKKA HUJJATLAR QABULI BOSHLANDI!🗓 Qabul muddati:2025-yil 5-oktabrdan 5-noyabrga qadar📝 Hujjatlar Yagona elektron tizim — daraja.ilmiy.uz platformasi orqali qabul qilinadi.Toshkent arxitektura-qurilish 2025-yil uchun quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha doktorantura (DSc), tayanch doktorantura (PhD) hamda stajyor-tadqiqotchilikka hujjat qabul qiladi:🎓 05.0901– Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlarDSc – 1 o‘rinPhD – 3 o‘rinStajyor-tadqiqotchi – 0 o‘rin🎓05.09.05 - Qurilish materiallari va buyumlariDSc – 1 o‘rinPhD – 2 o‘rinStajyor-tadqiqotchi – 0 o‘rin🎓05.09.08 - Qurilish texnologiyasi va qurilish jarayonlarini tashkil qilishDSc – 1 o‘rinPhD – 1  o‘rin🎓 08.00.03 - Sanoat iqtisodiyotiDSc – 0 o‘rinPhD – 2 o‘rin🎓 08.00.13 - Menejment DSc – 0 o‘rinPhD – 2 o‘rin🎓 11.00.07 - Geoinformatika DSc – 0 o‘rinPhD – 1 o‘rin🎓 18.00.01 - Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta'mirlash va tiklash DSc – 0 o‘rinPhD – 3 o‘rin🎓18.00.02 - Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi (Arxitektura)DSc – 0 o‘rinPhD – 2  o‘rin🎓 18.00.02 - Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi (Texnika fanlari) DSc – 1  o‘rinPhD – 6 o‘rin📝 Talab qilinadigan hujjatlar ro‘yxati:Ariza.Qisqacha biografik ma’lumot (3.5-shakl bo‘yicha, o‘zbekcha va ruscha).Mehnat daftarchasi nusxasi (ishlayotganlar uchun).Magistratura yoki mutaxassislik diplomi nusxasi.Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati va nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis).Ish joyidan tavsifnoma (mustaqil izlanuvchilar uchun).Pasport nusxasi.Prezident davlat stipendiyasi hujjati (mavjud bo‘lsa).Til bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikat.Eslatma:Doktorantura va tayanch doktoranturaga topshiruvchilar uchun til sertifikati majburiy hisoblanadi. Talabgorlar hujjatlari ilmiy yoki ta’lim tashkilotlari tomonidan ko‘rib chiqilib qabul qilinadi yoki rad etiladi.