Yangiliklar

Yangiliklar

 133

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti "Muruvvat" nomli erkaklar internat uyida yashaydigan qariyalar va nogironligi bo‘lgan bemorlar holidan xabar oldilar

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti "Muruvvat" nomli erkaklar internat uyida yashaydigan qariyalar va nogironligi bo‘lgan bemorlar holidan xabar oldilar.Qariyalar va nogironligi bo‘lgan bemorlar uchun talabalar tomonidan sahna ko’rinishlari tashkil etildi.Tadbirda ishtirok etgan barcha ko‘tarinki kayfiyatda kuy va qo'shiqlarga raqsga tushdilar. “Muruvvat” nogironlar uyi raxbariyati ko‘rsatilgan e’tibor uchun universitet ma’muriyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirdilar.

Yangiliklar

 150

Ustoz-shogird an'analari davom etmoqda

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Faxriylar kengashi bilan hamkorlikda “Ustoz-shogird” an’anasi nomli tadbir tashkil etildi.Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi arxitektura va qurilish sohasi Fahriylari kengashi aʼzosi, universitet Fahriylar kengashi raisi, texnika fanlari doktori, professori Asqarov Baxtiyor Asqarovich talabalarga ustoz-shogird an’anasining o‘rni va ahamiyati haqida so‘zlab berdi. Unda ustoz o‘zining ko‘p yillik ilmiy-pedagogik faoliyati, erishgan yutuqlari hamda hayotiy tajribalari bilan bo‘lishdi. Yosh avlodni ilmga intiluvchan, kasbiga sadoqatli va fidoyi bo‘lishga daʼvat etdi.

Tadbirlar

 110

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Bino va inshootlarning seysmik xavfsizligini ta'minlashda zamonaviy va innovatsion yondashuvlar” mavzusida xalqaro ilmiy-texnik anjuman bo‘lib o‘tdi

Anjumanning asosiy maqsadi — Respublikamizda barpo etilayotgan bino va inshootlarning seysmik xavfsizligini ta’minlashda innovatsion yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish hamda Toshkent arxitektura-qurilish universitetining loyiha tashkilotlari bilan o‘zaro integratsiyasini mustahkamlashdan iborat.Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining seysmik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha qabul qilingan PQ-161 va PQ-309 sonli qarorlari ijrosini ta’minlash masalalari ham muhokama qilindi.Anjumanda Qozog‘iston, Rossiya, Xitoy, Italiya va Kaliforniya kabi mamlakatlarning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan professor-o‘qituvchilar ishtirok etib, bino va inshootlarning seysmik xavfsizligi yo‘nalishida o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan qatnashdilar. Mazkur anjuman soha mutaxassislari, olimlar va amaliyotchi muhandislar uchun tajriba almashish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda muhim maydon bo‘ldi.

Yangiliklar

 84

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Mahmudov Said Mahmudovich “Seysmik xavfsizlik a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti S. Mirzayev tomonidan “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi professori Mahmudov Said Mahmudovich “Seysmik xavfsizlik a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Mazkur mukofot olimning mamlakatimizda bino va inshootlarning seysmik xavfsizligini ta’minlash, ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirish hamda yosh mutaxassislar tayyorlashdagi fidokorona mehnati e’tirofi sifatida topshirildi.

Yangiliklar

 78

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rahbariyati talabalarning yashash sharoitini o‘rgandi

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori Baxrom Tulaganov ijara xonadonlarida yashayotgan talabalarning holidan xabar oldilar.Uchrashuv davomida talabalarning  yashash sharoiti, uy ichidagi sanitariya holati, hamda ularning o‘qish va dam olish uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘rganildi. Shuningdek, ijara uyida kimlar bilan birga istiqomat qilayotgani, qo‘shnilar bilan munosabatlari, atrof muhitdagi xavfsizlik va tinchlik holati ham tahlil qilindi. Bundan tashqari talabalarga bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish, ta’limda yuqori natijalarga erishish, shuningdek, shaxsiy xavfsizlikni ta’minlash, mehnat va ta’limda mas’uliyatli bo‘lish, oilaviy qadriyatlarni asrash hamda ijtimoiy faollikni oshirish borasida tavsiya va maslahatlar berildi.

Yangiliklar

 278

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va Anhui Jianzhu University o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Xitoy – O‘zbekiston forumi doirasida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti hamda Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli Anhui Jianzhu University o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.Mazkur memorandum ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ta’lim, ilmiy-tadqiqot, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, shuningdek, qo‘shma ilmiy loyihalar va innovatsion dasturlarni amalga oshirish yo‘nalishlarida hamkorlikni yanada mustahkamlashni maqsad qilgan.Ushbu kelishuv natijasida tomonlar o‘zaro tajriba almashish, yangi akademik dasturlar ishlab chiqish hamda arxitektura va qurilish sohasida qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Tadbir yakunida tomonlar o‘zaro do‘stona aloqalarni yanada rivojlantirish va istiqbolda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Yangiliklar

 100

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan “Bizning umumiy uyimiz” mavzusida obro-e’tiborga ega bo‘lgan shaxslar, namunali oilalarni jalb etgan holda uchrashuv tashkil etildi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan “Bizning umumiy uyimiz” mavzusida obro-e’tiborga ega bo‘lgan shaxslar, namunali oilalarni jalb etgan holda uchrashuv tashkil etildi. Unda Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoira, yozuvchi, dramaturg va tarjimon, PhD.l, dotsent shuhrat medali sohibasi Sh.Ahrorova, Muhandislik kommunikatsiyalari kafedrasi professori M.R.Ismanxadjayeva, Iqtisodiyot va koʻchmas mulk kafedrasi professori A.N.Jabriyev, universitet kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi F.Kasimova, universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Kurbanova, kengash aʼzolari  L.Xalmamatova, N.Ahmedova, D.Islamxadjayeva hamda talaba-qizlar ishtirok etdilar.

Yangiliklar

 74

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida tyutorlik lavozimiga nomzodlarni jalb etish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qilinadi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida tyutorlik lavozimiga nomzodlarni jalb etish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qilinadi.Tanlov doirasida nomzodlar bilan 2025-yil 20-noyabr kuni soat 14:00 dan boshlab ishga qabul qilish bo‘yicha suhbat o‘tkaziladi.📍 Suhbat joyi: Universitet bosh binosi, 5-qavat, 502-xona.    Nomzodlarga qo‘yiladigan malaka talablari:Oliy ma’lumotga ega bo‘lishi (ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega shaxslarga afzallik beriladi);25 yoshdan kichik, 55 yoshdan (ayollar uchun 50 yoshdan) katta bo‘lmasligi;Pedagogik, psixologik, o‘quv-tarbiyaviy, o‘quv-uslubiy yoki ta’lim tizimida boshqaruv faoliyati bilan shug‘ullangan, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda kamida 2 yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi (2 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lganlarga ustuvorlik beriladi);Qonunchilik hujjatlariga muvofiq ta’lim berish huquqidan mahrum etilmagan bo‘lishi;Namunali shaxsiy fazilatlarga — intellekt, madaniyat, ijodkorlik, xushmuomalalik, vatanparvarlik va tashabbuskorlik kabi fazilatlarga ega bo‘lishi; mas’uliyat hissi va mustaqil ishlash ko‘nikmalariga ega bo‘lishi zarur.  Eslatma: Tanlovda ishtirok etishni istagan nomzodlar belgilangan sana va vaqtda suhbatda shaxsan ishtirok etishlari lozim.

Yangiliklar

 103

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Xitoy – O‘zbekiston forumi doirasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetiga Xitoy – O‘zbekiston ikkinchi ta’lim forumi doirasida Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan vakillar tashrif buyurishdi.Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini rivojlantirish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalarini muhokama qildilar. Mehmonlar universitetning o‘quv jarayoni, moddiy-texnik bazasi, zamonaviy laboratoriyalar va xalqaro loyihalar bilan yaqindan tanishdilar. Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga doir kelishuvlarga erishdilar.