Yangiliklar

E'lonlar

 142

Xolov Xamza Tojiddinovichning iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

    Xolov Xamza Tojiddinovichning 08.00.13 - “Menejment” ixtisosligi bo‘yicha “Qurilish sanoati korxonalarining ekologik boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2026.09.01.I.04.M raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 17-avgust kuni sanasida soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.    Manzil: Toshkent shahri, Yangi Shahar ko‘chasi, 9-uy. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti bosh 4-bino 5-qavatda majlislar zalida     E-mail: devon@taqu.uz    Onlayn ko’rish uchun havola: Batafsil...

E'lonlar

 93

Xakimov Qaxramon Qodirovichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

    Xakimov Qaxramon Qodirovichning “05.09.01- Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar” ixtisosligi bo‘yicha “Kompozit profillar qoʻllanilishi orqali faxverk tizimlarining konstruktiv samaradorligini oshirish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2026.09.01.T.02.M raqamli Ilmiy Kengashning 2026-yil 03-sentyabr kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.    Manzil: Toshkent shahri, Yangi Shahar ko‘chasi, 9-uy. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti 4-bino 5-qavatda Faollar zalida ( Bosh bino 502-majlislar zali).     E-mail: devon@taqu.uz    Onlayn koʻrish uchun havola: Batafsil...

E'lonlar

 136

ENERGIYA AUDITORLARI UCHUN O‘QUV KURSLARI!

    Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi tarmoq markazi energiya auditorlarini tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslariga qabul e’lon qiladi.⏬Bino va inshootlarda energiya auditi – 48 soat⏬Yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarida energiya auditi – 144 soat⏬Dastur doirasida:⏬Energiya samaradorligi va energiya tejash⏬ISO 50001 talablari⏬Elektr, issiqlik, gaz va suv tizimlarida energiya auditi⏬Energiya yo‘qotishlarini aniqlash va hisoblash⏬Hisobot tayyorlash tartibiO‘qitish shakli: oflaynBoshlanishi: guruh shakllanishiga qarab    Kurs yakunida imtihondan o‘tganlarga sertifikat beriladi.    📞 Ro‘yxatdan o‘tish:    @shoxrux3252    +998935383252

E'lonlar

 158

Huquqiy axborot sifatida tarqatilishi koʻzda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati

Barchamiz bilishimiz zarur bo'lgan yangi huquqiy axborot sifatida tarqatilishi koʻzda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati

E'lonlar

 819

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Britaniya taʼlim dasturlariga kirish imtihonlari natijalari

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Britaniya taʼlim dasturlariga 2026/2027 oʻquv yili uchun 2026-yil 29-iyulda oʻtkazilgan kirish imtihonlari natijalari

E'lonlar

 127

Abdullayev Axror Jaxbarovichning iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

Abdullayev Axror Jaxbarovichning 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” hamda 08.00.15 – “Tadbirkorlik va kichik biznes” tutash ixtisosliklari bo‘yicha iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan “Qurilish sanoatida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning ilmiy-metodologik asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari doktori (DSc)  ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2026.09.01.I.04.M  raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 18-avgust kuni soat 11:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi. Manzil: Toshkent shahri, Yangi Shahar ko‘chasi, 9-uy. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, 4-bino, 5-qavat, (kichik majlislar zali).E-mail: devon@taqu.uz

E'lonlar

 114

Metyakubov Azamat Djumanazarovichning iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

Metyakubov Azamat Djumanazarovichning 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti” va 08.00.13 – “Menejment” ixtisosliklari bo‘yicha “Qurilish materiallari sanoati korxonalari iqtisodiy samaradorligini oshirishni boshqarishning ilmiy-metodologik asoslari” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari doktori (DSc)  ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2026.09.01.I.04.M  raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 18-avgust kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi. Manzil: Toshkent shahri, Yangi Shahar ko‘chasi, 9-uy. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, 4-bino, 5-qavat, (kichik majlislar zali).E-mail: devon@taqu.uz

Yangiliklar

 517

Farg‘onadagi taqdimot yakunida hamkorlik memorandumi imzolandi

    Farg‘ona viloyati hokimligida bo‘lib o‘tgan taqdimot yakunida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti hamda Raqobat siyosati va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish markazi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.    Mazkur memorandum ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, soha uchun malakali kadrlar tayyorlash, innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim, ilm-fan va amaliyot integratsiyasini mustahkamlashga qaratilgan.      Hamkorlik doirasida qo‘shma ilmiy va amaliy loyihalarni amalga oshirish, seminar, konferensiya va davra suhbatlarini tashkil etish, mutaxassislar malakasini oshirish, talabalar amaliyotini yo‘lga qo‘yish hamda o‘zaro tajriba almashish bo‘yicha tizimli hamkorlik olib boriladi.

Yangiliklar

 338

Farg‘ona viloyati hokimligi va Toshkent arxitektura-qurilish universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

    Farg‘ona viloyati hokimligida “Ilmiy-texnik konsorsium” faoliyatini yo‘lga qo‘yishning dastlabki amaliy bosqichi yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.  Farg‘ona viloyati hokimligida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti vakillari tomonidan “Ilmiy-texnik konsorsium” faoliyatini yo‘lga qo‘yishning dastlabki amaliy bosqichi yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.    Taqdimot davomida qurilish materiallari sanoatidagi mavjud texnologik va ishlab chiqarish muammolarini ilmiy yechimlar bilan uzviy bog‘lash, istiqbolli ilmiy ishlanmalarni korxonalarda tajriba-sinovdan o‘tkazish hamda ularni sanoat miqyosida joriy etish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.  Shuningdek, “Ilmiy-texnik konsorsium”ning amaliy faoliyat yuritish mexanizmini shakllantirish, oliy ta'lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish, innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish hamda hududdagi sanoat korxonalari bilan samarali hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha taklif va tashabbuslar taqdim etildi.