Yangiliklar
Yangiliklar
414
Farg‘ona viloyati hokimligi va Toshkent arxitektura-qurilish universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Memorandumni Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori Baxrom Abduqobilovich Tulaganov hamda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Hayitbayevich Bozarov imzoladilar.Mazkur memorandum hududlarni kompleks rivojlantirish, arxitektura va qurilish, qurilish materiallari sanoatini takomillashtirish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini mustahkamlash, shuningdek, ta’lim va yoshlar siyosati yo‘nalishlarida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi. Hamkorlik doirasida viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzilmaviy rivojlanishiga qaratilgan loyihalarda universitetning ilmiy salohiyati va mutaxassislaridan keng foydalanish, arxitektura-qurilish yo‘nalishidagi loyihalarni ilmiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, innovatsion g‘oyalar hamda ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini amaliyotga tatbiq etish rejalashtirilgan. Shuningdek, bino va inshootlarning texnik holatini zamonaviy uskunalar yordamida baholash, energiya samaradorligi auditi, yangi texnologiyalar, qurilish materiallari va konstruksiyalarini joriy etish, qurilishda narxlarni shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish, shaharsozlik normalari va standartlarini xalqaro tajriba asosida rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik olib boriladi. Memorandum doirasida "Aqlli shahar" texnologiyalarini joriy etish, loyiha boshqaruvi va sun’iy intellekt yo‘nalishlarida qo‘shma ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirish, konferensiyalar, seminarlar va simpoziumlar tashkil etish, laboratoriyalardan o‘zaro foydalanish, mutaxassislar malakasini oshirish hamda tajriba almashish kabi ustuvor yo‘nalishlarda ham hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
E'lonlar
168
Achilov Ilmurad Neymatovichning iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
Achilov Ilmurad Neymatovichning 08.00.13 – Menejment va 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti ixtisosligi bo‘yicha “Sifat menejmenti tamoyillari asosida qurilish materiallari sanoatida ishlab chiqarish jarayonlarini boshqarish metodologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2026.0901.I.04.M raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengashning 2026-yil 28-iyul kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi Manzil: Toshkent shahri, Yangi Shahar ko‘chasi, 9-uy. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti 4-bino 5-qavatda Faollar zalida.. E-mail: devon@taqu.uz Onlayn ko’rish uchun havola: Batafsil…
E'lonlar
1041
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Britaniya taʼlim dasturlariga 2026/2027 oʻquv yili uchun 2026-yil 18-iyulda oʻtkazilgan kirish imtihonlari natijalari
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Britaniya taʼlim dasturlariga 2026/2027 oʻquv yili uchun 2026-yil 18-iyulda oʻtkazilgan kirish imtihonlari natijalari
E'lonlar
195
Axmedova Nilufar Shuxratovnaning iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
Axmedova Nilufar Shuxratovnaning 08.00.15 - “Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti” hamda 08.00.03 - “Sanoat iqtisodiyoti” tutash ixtisosliklari bo‘yicha “Qurilishda kichik va yirik biznes subyektlari integratsiyasi samaradorligini oshirishning metodologik asoslari” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2026.09.01.I.04.M raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 28-iyul kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi. Manzil: 100084, Toshkent sh., Yunusobod tumani, Yangi shahar ko‘chasi 9-uy. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti. 4-bino 5-qavatda Faollar zalida ( Bosh bino 502-majlislar zali) E-mail: devon@taqu.uz Onlayn ko’rish uchun havola: Batafsil…
Yangiliklar
797
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 17.07.2026-yil sanasida o'tkazilgan ijodiy
Dizayn (interyer dizayni) bo'yicha:Guruh 3Guruh 4
Yangiliklar
1509
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 16.07.2026-yil sanasida o'tkazilgan ijodiy imtihonlar natijalari.
Dizayn (interyer dizayni) bo'yicha:Guruh 1Guruh 2Amaliy san'at (badiiy naqqoshlik) ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha:Guruh 1
Yangiliklar
1322
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 15.07.2026-yil sanasida o'tkazilgan ijodiy imtihonlar natijalari
Arxitektura boyicha:Guruh 5Guruh 6
Yangiliklar
1688
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 14.07.2026-yil sanasida o'tkazilgan ijodiy imtihonlar natijalari
Arxitektura boyicha:Guruh 3 Guruh 4 Dizayn (interyer dizayni) bo'yicha: Guruh 3 Guruh 4 Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi bo'yicha: Guruh 1 Guruh 2
E'lonlar
133
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda
Bugun 14-iyul kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetida kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tdi. Imtihonlar Arxitektura, Dizayn (interyer dizayni), Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi hamda Amaliy san'at (badiiy naqqoshlik) ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etildi.💠 Imtihon natijalari universitetning rasmiy ijtimoiy tarmoqlari hamda taqu.uz rasmiy veb-sayti orqali e'lon qilib boriladi.
