Yangiliklar

Yangiliklar

 816

Endilikda talabalarimiz "GOLDEN HOUSE" kompaniyasida amaliyot o'taydi

5-iyul kuni Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektor vazifasini bajaruchi Baxrom Toʻlaganov va “Golden House  Property GROUP” bosh direktori Vladimir Kalina  o‘zaro hamkorlik memorandumini  imzoladi.Hamkorlik asosida tuzilgan shartnomada talabalar uchun amaliyot o‘tash, qo‘shma taʼlim va ilmiy loyihalarni rag‘batlantirish hamda sohaga doir seminar va konferensiyalar tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Tadbirlar

 326

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Ma'rifat ulashib" loyihasi amalga oshirildi

"Ma’rifat ulashib" loyihasi doirasida Toshkent arxitektura-qurilish universitetiga O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, O'zbekiston Fanlar akademiyasi o'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimi Filologiya fanlar nomzodi, dotsent Sattorova Gulnoza Yunusovna tashrif buyurdi. Tashrif chog’ida “Yashil makon” loyihasi doirasida universitet hududida adib, universitet rahbariyati va talabalar ishtirokida ko‘chat ekish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirlar

 400

“Yashil makon” umummilliy loyihasi amalda

Ko‘chat ekish, yon-atrofni ko‘kalamzorlashtirish azaliy qadriyatlarimizdan sanaladi. Bunga yorqin misol sifatida mamlakatimizda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarni keltirish mumkin. Jumladan, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti hududida ham mazkur loyiha asosida kuzgi daraxt ko‘chatlari ekish mavsumi davom etmoqda. Bugungi kunga qadar gilos, olma, shaftoli, nok, uzum, kabi mevali hamda  terak, katalpa singari manzarali 500 dan ziyod ko`chatlar ekildi.