“Murat Building” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Janubiy Qozog‘iston universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi

TAQU va NIU MGSU o‘rtasida xalqaro hamkorlik uchrashuvi bo'lib o'tdi

Universitet haqida

Universitet raqamlarda

Fakultetlar soni: 4

Yo'nalishlar soni: 18

Professor-o'qituvchilar  soni: 381

Talabalar soni: 8772 

O'quv binolari soni: 5 

O'quv qo'llanmalar soni: 972 

Universitetning tashkil topishi

Toshkent arxitektura qurilish universiteti O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning 1991-yil 6 maydagi farmoniga binoan Toshkent politexnika universitetining "Arxitektura”, "Sanoat va fuqaro qurilishi" hamda "Muhandis qurilishi" fakultetlari negizida tashkil etilgan.

Universitetdagi fakultetlar

Arxitektura Fakulteti

Menejment Fakulteti

Qurilish Fakulteti

Muhandislik Fakulteti

Yangiliklar

Tadbirlar

 37

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti tyutorlari ishtirokida profilaktik tadbir o‘tkazildi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens-nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M. Isakdjanov ва Yoshlar masalalari va manaviy-ma’rifiy ishlar prorektori v.b. S.Mardov tomonidan universitet tyutorlari ishtirokida profilaktik tadbir o‘tkazildi.Tadbir davomida akademik halollikni ta’minlash, ta’lim jarayonida korrupsion holatlarning oldini olish, shuningdek, xodimlar va talabalar o‘rtasida halollik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Tyutorlar talabalar bilan bevosita ishlovchi asosiy bo‘g‘in sifatida, ularning dunyoqarashi va xulq-atvoriga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi qayd etildi. Shuningdek, tyutorlarning korrupsiyaga qarshi yo‘naltirilgan tadbirlarda faol ishtirok etishi, talabalarga halollik, shaffoflik va mas’uliyat tamoyillarini singdirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida targ‘ibot va tushuntirish ishlariga alohida e’tibor qaratishi zarurligi alohida ta’kidlandi.

Yangiliklar

 31

“Korrupsiyasiz ta’lim — adolatli kelajakning kafolati”

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Menejment fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida “Korrupsiyasiz ta’lim — adolatli kelajakning kafolati” mavzusida seminar tashkil etildi.Seminar davomida Universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish komplaens-nazorat tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i M. Isakdjanov tomonidan ta’lim tizimida korrupsiyaning oldini olish, akademik halollik tamoyillariga rioya etish, shaffoflikni ta’minlash hamda professor-o‘qituvchilarning mas’uliyatini oshirish masalalari yuzasidan ma’ruza qilindi va muhokamalar olib borildi. Seminar yakunida ishtirokchilarga korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, belgilangan talab va tartiblarga qat’iy amal qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Tadbirlar

 48

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Muhandislik fakultetida professor-o‘qituvchilar uchun muhim o‘quv seminarlar tashkil etildi

Seminar Muhandislik fakulteti dekani D. Xoliqov, O‘quv-uslubiy boshqarma bosh mutaxassisi Z. Tagayev hamda “Muhandislik kommunikatsiyalari” kafedrasi mudiri D. Maxmudova boshchiligida tashkil etildi.Mazkur seminarlar TOP-300 reytingidagi yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlari asosida universitet o‘quv dasturlarini maqbullashtirish, xalqaro tajribani o‘rganish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan.Seminarda Polsha Respublikasida joylashgan Belostok Oliy iqtisodiyot universiteti professori — Leх Dzenis ishtirokida  bir marotabalik o‘tkazildi.Professor Leх Dzenis:PROEKO va BSK BIOGEST kompaniyalari rahbari,Belostok Oliy iqtisodiyot universiteti rektorining maslahatchisi,Suv resurslarini boshqarish bo‘yicha xalqaro ekspert,Belostok Texnologiya universiteti prezidenti hisoblanadi.Seminarlar jarayonida:muhandislik ta’limida zamonaviy yondashuvlar,o‘quv dasturlarini xalqaro standartlarga moslashtirish,ilm-fan, innovatsiya va amaliyot integratsiyasi masalalari muhokama qilinadi. Ushbu seminar professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, xalqaro tajribani o‘rganish va universitet ta’lim jarayonini yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Interaktiv xizmatlar

Ko'p beriladigan savollar

Akademik ta'til olish uchun qanday ariza topshirish kerak?

JAVOB: Akademik ta'til olish uchun talaba tibbiy yoki oilaviy sharoitlarni asoslovchi hujjatlarni ilova qilgan holda oliy ta'lim muassasasiga ariza bilan murojaat qilishi kerak.

Masofaviy o'qitish imkoniyatlari mavjudmi?

JAVOB: Ha, ba'zi oliy ta'lim muassasalarida masofaviy o'qitish (onlayn ta'lim) imkoniyatlari mavjud. Bunda talabalar internet orqali darslarni kuzatishi va topshiriqlarni bajarishi mumkin.

Talaba qachon chet elda o'qish imkoniyatiga ega bo'ladi?

JAVOB: Talaba chet elda o'qish imkoniyatiga erishish uchun xalqaro almashuv dasturlari, grantlar yoki stipendiyalar uchun ariza topshirishi mumkin. Masalan, Erasmus+, DAAD va boshqa xalqaro dasturlar orqali bu imkoniyatlardan foydalanish mumkin.

Talabalar amaliyotini o'tash qanday amalga oshiriladi?

JAVOB: Talabalar amaliyoti o'qish dasturining bir qismi sifatida o'quv yili davomida yoki yozgi ta'til paytida o'tkaziladi. Universitet amaliyot joylarini taqdim etishi yoki talaba o'zi topishi mumkin.

O'qish davomida boshqa oliy ta'lim muassasasiga ko'chib o'tish mumkinmi?

JAVOB: Ha, talaba o'qish davomida ma'lum sharoitlarda boshqa oliy ta'lim muassasasiga ko'chib o'tishi mumkin. Bu jarayon maxsus komissiya tomonidan ko'rib chiqiladi va qabul qilinadi.

Talabalar kontrakt to'lovlarini bo'lib-bo'lib to'lashi mumkinmi?

JAVOB: Ha, talaba kontrakt to'lovlarini yil davomida bo'lib-bo'lib to'lashi mumkin. Buning uchun oliy ta'lim muassasasi bilan kelishuv tuziladi.

Bizning hamkorlar