Yangiliklar
Tadbirlar
106
Qizlarjon klubi o‘z faoliyatini boshladi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Muhandislik fakulteti Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi S.Aliboyeva va tyutorlar boshchiligida "QIZLARJON KLUBI" aʼzolari bilan birgalikda pazandalik sirlari boʻyicha master klass boʻlib oʻtdi. Talaba qizlarga oziq-ovqat mahsulotlarining vitaminli balansini saqlash va roʻzgʻor yuritishda tejamkorlik usullari, taomlarni estetik va chiroyli tortish, milliy hamda zamonaviy dasturxon odoblari oʻrgatildi.
Tadbirlar
117
“Tikuvchilik san’ati” toʻgaragi davom etmoqda
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti 1-sonli TTJda N.Mamanova talaba-yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boshqarmasi tashabbusi bilan “Tikuvchilik san’ati” to‘garagi tizimli davom etmoqda. Tikuvchilik san’ati to‘garagi talaba-yoshlarning kasbiy salohiyatini oshirish, ularni zamonaviy kasb-hunar sirlariga o‘rgatish hamda iste’dod va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
E'lonlar
281
Xalqaro ta'lim sari yo'lingizni Toshkentdan boshlang!
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi Integratsiyalashgan dasturlar oliy maktabi (SIP) 2026/2027-o‘quv yili uchun qabulni boshladi!Oliy maktab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–269-son qarori asosida tashkil etilgan davlat ta’lim muassasasidir.Xalqaro ta’lim yo‘liTa’limni Toshkentda boshlang va 1+3, 2+2, shuningdek 1+1 modeli orqali Buyuk Britaniyadagi hamkor universitetlarda davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ling.Ingliz tilida ta’limDarslar ingliz tilida malakali mahalliy va xorijiy professor-o‘qituvchilar ishtirokida olib boriladi.“El-yurt umidi” orqali moliyaviy qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiBelgilangan talablarga javob beruvchi talabalar uchun O‘zbekistondagi Foundation bosqichi hamda keyinchalik xorijda ta’limni davom ettirish xarajatlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash imkoniyati nazarda tutilgan.2026/2027-o'quv yili uchun yo'nalishlar:"IT (Axborot xavfsizligi)""Biznes boshqaruvi"Ariza topshirish: ARIZA TOPSHIRISHTelegram: @sip_admission | +998 87 649-10-44Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Yangishahar ko‘chasi, 9A-uySIP - Xalqaro ta'lim imkoniyatlari sari yo'l Toshkentdan boshlanadi!
E'lonlar
182
TAQU huzuridagi seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot institutida oliy ta’limdan keyingi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha hujjat topshirish boshlandi!
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi seysmik xavfsizlik va barqaror qurilish milliy tadqiqot institutida oliy ta’limdan keyingi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha hujjat topshirish boshlandi! Institut 2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha hujjatlarni qabul qiladi. Hujjat topshirish muddati: 15-sentabrdan 15-oktyabrgacha Arizalarni quyidagi elektron tizimlar orqali topshirish mumkin: 🔹daraja.ilmiy.uz — Yagona ilmiy darajalar elektron tizimi 🔹my.gov.uz — Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali2027-yil uchun mavjud ixtisoslilar: 🔹Seysmik xavfsizlik (05.10.03) 🔹 “Geotexnika” (Аsoslar, poydevor va yer osti inshootlari. Gruntlar va tog‘ jinslari mexanikasi) (05.09.02) Jami: PhD — 2 ta Stajyor-tadqiqotchi — 2 ta Umumiy — 4 ta o‘rinMuhim: Hujjatlarni belgilangan muddatda va elektron tizim talablari asosida to‘liq rasmiylashtirib topshirish lozim. Telefonlar: (+99897) 404-14-27E-mail: info@naris.uz
E'lonlar
1012
2026/2027-o‘quv yili uchun magistraturaga qabul natijalari e’lon qilindi!
Magistratura mutaxassisliklariga qabul natijalari bilan belgilangan tartibda tanishishingiz mumkin. Magistratura mutaxassisliklariga qabul natijalariBarcha magistraturaga qabul qilingan talabalarni tabriklaymiz va kelgusi ta’lim faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!Eslatma: o'qishga tavsiya etilgan abituriyentlar 18-sentabrgacha tegishli hujjatlarni bosh bino 701-xonaga kelib rasmiylashtirishingiz so'raladi. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
E'lonlar
337
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Qo‘shma ta’lim dasturlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha 2026 yil 08 sentyabr kuni o‘tkazilgan imtihon natijalari
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Qo‘shma ta’lim dasturlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha 2026 yil 08 sentyabr kuni o‘tkazilgan imtihon natijalari. 💠 70730401-Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji 💠 70730102-Arxitektura nazariyasi va tarixi, arxitektura yodgorliklarini tiklash 💠 70410102-Iqtisodiyot 💠 60410100-Iqtisodiyot bakalavr Eslatma: O‘tkazilgan imtihon komissiyasi tomonidan tasdiqlangan natijalarni qayd etish varag‘iga asosan, imtihon komissiyasining ishtirok etgan a’zolari tomonidan qo‘yilgan ballarning o‘rtacha ko‘rsatkichi 30 foiz va undan yuqori bo‘lgan taqdirda, abituriyent imtihondan o‘tgan hisoblanadi.
E'lonlar
60
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari diqqatiga!
Yangi o‘quv yilida dars mashg‘ulotlari quyidagi vaqtlar asosida tashkil etiladi:🕜 1-smena — 08:00🕜 2-smena — 13:30🕜 3-smena — 18:00 O‘zingizga biriktirilgan guruh va dars jadvaliga muvofiq mashg‘ulotlarda o‘z vaqtida ishtirok etishingizni so‘raymiz.
E'lonlar
265
IQAC 2026-yil 28-avgust kunlari o'tkazilgan qabul imtihoni natijalari
Toshkent arxitektura-qurilish universitetining Britaniya ta'lim dasturlarining quyidagi yo'nalishlari bo'yicha 2026-yil 28-avgust kunlari o'tkazilgan qabul imtihoni natijalari e'lon qilindi:⚡️Arxitektura - o'zbek va ingliz tili guruhlari⚡️Biznes boshqaruvi - ingliz va oʻzbek tili guruhlari⚡️Axborot xavfsizligi- oʻzbek tili guruhi NATIJALARNI KO'RISH (ustiga bosing) Qabul qilinganlar quyidagi telegram profiliga aloqaga chiqishlari so'raladi: 🔹 @admissions_IQAC
E'lonlar
660
TAQU 2026/2027 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil oluvchi talabalar uchun stipendiyasiz, bir yillik to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi.2026/2027 o‘quv yili uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari To‘lov-kontraktni oshirish to‘g‘risida
