Yangiliklar

E'lonlar

 165

O‘zbekistonda in’ektsiya texnologiyalari!

O‘zbekistonda in’ektsiya texnologiyalari! ✔️ Yoriqlarni to'ldirish va mustahkamlash ✔️ Suv o‘tkazmaslik ✔️ Mineral in’eksiya ✔️ Tarixiy binolarni saqlash ✔️ Professional o‘qitish Germaniya sifati + TAQU Ilmiy tadqiqot laboratoriyasi Manzil: 100149, Toshkent, Yunusobod, Yangi shahar ko‘chasi 9a-uy Telegram: +998 91 785 77 72 Mas'ul xodim: Popov Aleksandr Pavlovich

E'lonlar

 169

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Sun’iy intellekt (AI) dan foydalanishda axborot xavfsizligi” mavzusida bo‘lib o‘tkaziladigan seminar-treningga taklif etamiz

Hurmatli xodimlar, professor-o'qituvchilar va talabalar! Sizlarni 2026-yil 9-sentyabr kuni soat 10:30 da 3-blok 401-xonada "Sun'iy intellekt (AI) dan foydalanishda axborot xavfsizligi" mavzusida o'tkaziladigan seminar-treningga taklif etamiz. Seminarda Raqamlashtirish va korporativ ma'lumotlar markazi mutaxassislari tomonidan sun'iy intellekt xizmatlaridan foydalanishda xizmat ma'lumotlarini himoya qilish, maxfiy va shaxsiy ma'lumotlarni AI tizimlariga kiritish bilan bog'liq xavflar hamda ulardan xavfsiz foydalanish qoidalari to'g'risida atroflicha ma'lumot beriladi. Barchangizni ishtirok etishga taklif qilamiz!

E'lonlar

 144

Buranov Samandar Baxtiyorovichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi seminari haqida e’lon

    Buranov Samandar Baxtiyorovichning 18.00.02 – «Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq aholi punktlarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi» (texnika) ixtisosligi bo‘yicha “Shahar yo‘lovchi transport tizimida yo‘lovchilar oqimini shakllantirish masalalari (Toshkent shahri misolida)” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muhokamasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2026.09.01.T.03.M raqamli Ilmiy kengashning qoshidagi ilmiy seminarning 2026-yil 4-sentaybr kuni soat 16:00 dagi majlisida muhokama qilinadi.    Manzil: Toshkent shahri, Yangi Shahar ko‘chasi, 9-uy. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti 2-bino 1-qavatda 111-xona.     E-mail: devon@taqu.uz    Onlayn ko’rish uchun havola: Batafsil…

E'lonlar

 106

Rashidov Sardor Ulug‘bek o‘g‘lining texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi seminari to‘g‘risida

    Rashidov Sardor Ulug‘bek o‘g‘lining 18.00.02 – «Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq aholi punktlarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi» (texnika) va 05.09.01 – «Qurilish konstruksiyalari, binolar va inshootlar» tutash ixtisosliklari bo‘yicha “Ko‘p kvartirali uylarning texnik holati monitoringi tizimini raqamli texnologiyalar yordamida takomillashtirish (Toshkent shahri misolida)” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi seminari Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2026.09.01.T.03.M raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash qoshidagi bir martalik Ilmiy seminarning 2026-yil 4-sentaybr kuni soat 14:00 dagi majlisi bo‘lib o‘tadi.    Manzil: Toshkent shahri, Yangi Shahar ko‘chasi, 9-uy. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti 2-bino 1-qavatda 111-xona.     E-mail: devon@taqu.uz    Onlayn ko’rish uchun havola: Batafsil…

E'lonlar

 152

Huquqiy axborot sifatida tarqatilishi koʻzda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati

Barchamiz bilishimiz zarur bo'lgan yangi huquqiy axborot sifatida tarqatilishi koʻzda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati

E'lonlar

 103

Pulatov Shaxron Axmedovichning iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

    Pulatov Shaxron Axmedovichning 08.00.13 - “Menejment” ixtisosligi bo‘yicha “Investitsion-qurilish kompleksida loyiha boshqaruvini takomillashtirish yo’llari”  mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2026.09.01.I.04.M raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 8-sentyabr kuni sanasida soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.    Manzil: Toshkent shahri, Yangi Shahar ko‘chasi, 9-uy. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti 4-bino 5-qavatda Faollar zalida ( Bosh bino 502-majlislar zali)..     E-mail: devon@taqu.uz    Onlayn ko’rish uchun havola: Batafsil…

E'lonlar

 412

IQAC 2026-yil 21 va 26-avgust kunlari o'tkazilgan qabul imtihoni natijalari

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetining Britaniya ta'lim dasturlarining quyidagi yo'nalishlari bo'yicha 2026-yil 21 va 26-avgust  kunlari o'tkazilgan qabul imtihoni natijalari e'lon qilindi:⚡️Arxitektura - o'zbek va ingliz tili guruhlari⚡️Biznes boshqaruvi - ingliz va oʻzbek tili guruhlari⚡️Axborot xavfsizligi- oʻzbek tili guruhi⚡️Arxitekturada dizayn- ingliz va oʻzbek tili guruhlari⚡️Qurilish muhandisligi - ingliz va oʻzbek tili guruhlariNATIJALARNI KO'RISH (ustiga bosing)   Qabul qilinganlar quyidagi telegram profiliga aloqaga chiqishlari so'raladi:🔹 @admissions_IQAC

E'lonlar

 127

“Giyohvandlik: yoshlar taqdiriga tahdid” shiori ostida “Bir qadam – butun umr” rasmlar tanlovini eʼlon qilamiz

    “Giyohvandlik: yoshlar taqdiriga tahdid” shiori ostida “Bir qadam – butun umr” rasmlar tanlovini eʼlon qilamiz! 💠Ishtirokchilar ijodiy ishlarini 19-sentyabrga qadar bosh bino 411-xonaga taqdim etishlari soʻraladi. 💠Aziz talaba-yoshlar, tanlovda faol ishtirok eting, bilimlaringizni sinovdan o‘tkazing va g‘oliblar qatoridan joy egallang.

E'lonlar

 93

“Giyohvandlik: yoshlar taqdiriga tahdid” shiori ostida “Bir qadam – butun umr” insholar tanlovini eʼlon qilamiz

    “Giyohvandlik: yoshlar taqdiriga tahdid” shiori ostida “Bir qadam – butun umr” insholar tanlovini eʼlon qilamiz! 💠 Ishtirokchilar ijodiy ishlarini 15-sentyabrga qadar bosh bino 411-xonaga taqdim etishlari soʻraladi. 💠Aziz talaba-yoshlar, tanlovda faol ishtirok eting, bilimlaringizni sinovdan o‘tkazing va g‘oliblar qatoridan joy egallang.