Yangiliklar
E'lonlar
142
Rashidov Sardor Ulug‘bek o‘g‘lining texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
Rashidov Sardor Ulug‘bek o‘g‘lining 18.00.02 – «Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq aholi punktlarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi» (texnika) va 05.09.01 – «Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar» tutash ixtisosliklari bo‘yicha “Ko‘p kvartirali uylarning texnik holati monitoringi tizimini raqamli texnologiyalar yordamida takomillashtirish (Toshkent shahri misolida)” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2026.09.01.T.03.M raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengashning 2026-yil 30-sentaybr kuni soat 14:00 dagi majlisi bo‘lib o‘tadi.Manzil: Toshkent shahri, Yangi Shahar ko‘chasi, 9-uy. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti 4-bino 5-qavat majlislar zali. e-mail: devon@taqu.uzOnlayn ko’rish uchun havola: Batafsil…
E'lonlar
121
Buranov Samandar Baxtiyorovichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
Buranov Samandar Baxtiyorovichning 18.00.02 – Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar-joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi (texnika) ixtisosligi bo‘yicha “Shahar yoʻlovchi transport tizimida yoʻlovchilar oqimini shakllantirish masalalari (Toshkent shahri misolida)” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi PhD.03/2026.09.01.T.03.M raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 7-oktyabr kuni soat 13:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.Manzil: 100194, Toshkent shahri, Yunusobod tumani Yangi shahar ko‘chasi, 9-uy, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti majlislar zali.Tel.: +998 (55) 508 02 56 e-mail: devon@taqu.edu.uz Onlayn ko’rish uchun havola: Batafsil…
E'lonlar
371
Qo‘shma ta’lim dasturlariga kirish imtihonlari natijalari
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida qo‘shma ta’lim dasturlariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha 2026-yil 18-sentabr kuni o‘tkazilgan imtihon natijalari e’lon qilindi. Imtihon o‘tkazilgan ta’lim yo‘nalishlari:🔹 70730102-Arxitekturanazariyasi va tarixi, arxitektura yodgorliklarini tiklash 🔹 70410102— Iqtisodiyot 🔹 60410100 — Iqtisodiyot (bakalavr) Eslatma: Imtihon komissiyasi tomonidan tasdiqlangan natijalarni qayd etish varag‘iga asosan, imtihonda ishtirok etgan komissiya a’zolari tomonidan qo‘yilgan ballarning o‘rtacha ko‘rsatkichi 30 foiz va undan yuqori bo‘lgan taqdirda, abituriyent imtihondan o‘tgan hisoblanadi.
E'lonlar
135
Asadova Maftuna Sa’dullayevnaning iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
Asadova Maftuna Sa’dullayevnaning 08.00.03 - “Sanoat iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha “Qurilish sanoati korxonalarida iqtisodiy samaradorlikni takomillashtirish yo’llari” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2026.09.01.I.04.M raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 24-sentyabr kuni soat 15:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi Manzil: Toshkent shahri, Yangi Shahar ko‘chasi, 9-uy. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Bosh bino 502-majlislar zali. e-mail: devon@taqu.uz Onlayn ko’rish uchun havola: Batafsil…
E'lonlar
138
Xudoynazarova Qunduz Djumanazarovnaning Texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi muhokamasi to‘g‘risida
Xudoynazarova Qunduz Djumanazarovnaning 05.09.05 – “Qurilish materiallari va buyumlari” ixtisosligi bo‘yicha “Yo‘l qoplamasi uchun mayda donador betonlarning samarador tarkiblarini ishlab chiqish” mavzusidagi Texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muxokamasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2026.09.01.T.02.M raqamli Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminarning 2026-yil 29-sentyabr kuni soat 11:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi. Ilmiy rahbar: t.f.d., prof.Kasimov I.I. Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Yangishahar ko‘chasi 9-uy, 4-bino, 5-qavat, Ilmiy Kengash zali e-mail: devon@taqu.uz Onlayn ko’rish uchun havola: Batafsil…
E'lonlar
112
Zakovat intellektual klubi qaynoq kuzgi mavsum uchun o‘z faoliyatini boshladi!
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Zakovat intellektual klubi qaynoq kuzgi mavsum uchun o'z faoliyatini boshladi! Barcha talabalarni o'yinga taklif qilamiz. 10ta turdan iborat bo'lgan Zakovat intellektual o'yinining 1-turi: 17-sentyabr (Payshanba) Soat: 9:30da 4-bino, 5-qavatda bo'lib o'tadi. Qatnashish istagidagi jamoalar ishtirokchilari soni minimum 3ta va maximum 6ta bo'lishi talab etiladi. Ro'yxatdan o'tish uchun: @strange_classmate profliga murojaat qilishingiz so'raladi.
Tadbirlar
229
Haykaltaroshlik va tasviriy san’at to‘garaklari o‘z faoliyatini qizg‘in davom ettirmoqda
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida talabalarning amaliy mahoratini oshirishga qaratilgan haykaltaroshlik va tasviriy san’at to‘garaklari o‘z faoliyatini qizg‘in davom ettirmoqda.Arxitektura va dizayn yo‘nalishi talabalari uchun hajmli-fazoviy fikrlash hamda materiallar bilan ishlash birinchi galdagi kasbiy ko‘nikmadir. Tajribali professor-o‘qituvchilar rahbarligida o‘tayotgan mashg‘ulotlarda yoshlar: Klassik va zamonaviy haykallar, fasad bezaklari hamda relyeflarni;Park va favvoralar uchun kichik me’moriy shakllarni loyihalashni;Loy va gips orqali bino hamda haykalning o‘zaro mutanosibligini (mashtab, simmetriya, dinamika) amalda his etishni o‘rganishmoqda.To‘garak mashg‘ulotlari talabalarning ijodiy salohiyatini charxlab, ularni kelajakning yetuk arxitektor va dizaynerlari bo‘lib yetishishlarida xizmat qiladi.Kelajak me’morchiligi — san’at va mahorat birlashgan joyda yaratiladi!
Tadbirlar
123
Korrupsiyasiz ta’lim - adolatli kelajakning kafolati
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida korrupsiyaning oldini olish, akademik halollik va talabalarda halollik tamoyillarini shakllantirishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.Tadbirda Muhandislik fakulteti talabalari hamda universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplaens-nazorat tizimini boshqarish bo‘limi vakillari ishtirok etdi.Suhbat davomida korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirish, halol bilim olish, imtihon va topshiriqlarni mustaqil bajarish, plagiat hamda noqonuniy yo‘llar orqali baho olishning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, talabalarga universitetda korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlar yuzasidan murojaat qilish uchun maxsus aloqa kanallari faoliyat yuritayotgani haqida ma’lumot berildi.
Tadbirlar
105
Yoshlar ittifoqi tomonidan Zakovat intelektual o‘yini o‘tkazildi
Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Yoshlar ittifoqi tomonidan Zakovat intelektual oʻyini oʻtkazildi.Bellashuv davomida ishtirokchilar o‘zlarining bilimi, mantiqiy fikrlashi, tezkor qaror qabul qilishi va jamoaviy ishlash qobiliyatlarini namoyish etdilar. Qiziqarli va murosasiz kechgan bahslar davomida jamoalar murakkab savollarga javob topish uchun o‘zaro bellashdilar.G‘olib va faol ishtirokchilar munosib taqdirlandi. Zakovat — bu nafaqat bilim, balki fikrlash, izlanish va jamoa bilan birgalikda g‘alaba sari intilishdir!
