Yangiliklar

E'lonlar

 341

Subxonov Feruzjon Shuxratovichning Arxitеktura bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

Subxonov Feruzjon Shuxratovichning 18.00.01 - “Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash” ixtisosligi bo‘yicha “Qadimgi va ilk o‘rta asrlar So‘g‘d me’morchiligining rivojlanish yo‘llari” mavzusidagi Arxitеktura bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2026.09.01.А.01.М raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 5-mart kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi Manzil: Toshkent shahri, Yangi Shahar ko‘chasi, 9-uy. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti 4-bino 5-qavatda Faollar zalida ( Bosh bino 502-majlislar zali).e-mail: devon@taqu.uzOnlayn ko‘rish uchun havola: https://us06web.zoom.us/j/87236467862?pwd=sWQ5TzAzcltZRbuLjHg9HD3cah5o2R.1

E'lonlar

 288

Aimbetov Islam Sapari‘mbet uli‘ning arxitektura fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

Aimbetov Islam Sapari‘mbet uli‘ning 18.00.02 – Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi (arxitektura) ixtisosligi bo‘yicha “Nukus shahrida ekologik barqaror landshaft muhitini yaratishning innovatsion metodikasi” mavzusidagi arxitektura fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2026.09.01.А.01.М raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 26-fevral kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi Manzil: Toshkent shahri, Yangi Shahar ko‘chasi, 9-uy. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti 4-bino 5-qavatda Faollar zalida (Bosh bino 502-majlislar zali).e-mail: devon@taqu.uz Onlayn ko’rish uchun havola: https://us06web.zoom.us/j/81332315425?pwd=MS2cmMACRlWvpQgr6IVg60J2zaS4oL.1

E'lonlar

 290

Mirpulatova Munis Akmal qizining arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

Mirpulatova Munis Akmal qizining 18.00.01 - «Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta‘mirlash va tiklash» ixtisosligi bo‘yicha «O‘zbekiston zamonaviy memorchiligini rivojlantirishda an‘analar va madaniy uzluksizlik muammolari» mavzusidagi arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2026.09.01.A.01.M raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 19-fevral kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi Manzil: Toshkent shahri, Yangi Shahar ko‘chasi, 9-uy. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti 4-bino 5-qavatda Faollar zalida ( Bosh bino 502-majlislar zali).e-mail: devon@taqu.uzOnlayn ko’rish uchun havola: https://us06web.zoom.us/j/84733344171?pwd=zHCOBhdwYMahmJQVAQQwNeHbu1Rzau.1

Yangiliklar

 291

M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti olimlari Toshkent arxitektura-qurilish universiteti bilan ilmiy-tadqiqot amaliyotini o‘tamoqda

M.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti olimlari Toshkent arxitektura-qurilish universiteti bilan tuzilgan hamkorlik memorandumi doirasida ilmiy-tadqiqot amaliyotini o‘tamoqda.Mazkur ilmiy-tadqiqot amaliyotidan ko‘zlangan asosiy maqsad ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, bino va inshootlar qurilishi sohasida tajriba almashish hamda qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishdan iborat.Amaliyot doirasida xorijiy olimlar Toshkent arxitektura-qurilish universitetining “Bino va inshootlar qurilishi” hamda “Gidrotexnika va geotexnika muhandisligi” kafedralarining ilmiy faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ilmiy maslahatlashuvlarda ishtirok etib, qo‘shma tadqiqotlar istiqbollari muhokama qilindi hamda qurilish sohasidagi dolzarb muammolarni hal etishning zamonaviy yondashuvlari o‘rganildi. Amaliyot yakunida universitetlar o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish va tajriba almashinuvini kengaytirish bo‘yicha o‘zaro kelishuvlarga erishildi.

E'lonlar

 193

“Qurilish – UzBuild 2026”

Hurmatli professor-o‘qituvchilar, magistrlar, doktorantlar va talabalar!2026-yil 10–12-fevral kunlari Toshkent shahrida “Qurilish – UzBuild 2026” 27-Xalqaro O‘zbekiston ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.Ko‘rgazma doirasida 2026-yil 10–11-fevral kunlari Qurilish industriyasining 7-Xalqaro konferensiyasi – ICCI 2026 tashkil etiladi.🔹 Konferensiya yo‘nalishlari: O‘zbekiston qurilish sektorining jadal rivoji Barqaror qurilish va “Yangi Toshkent” megaloihasi Zamonaviy devеlopment va urbanizatsiya Shahar infratuzilmasi: transport, ЖКX, ekologiya va xavfsizlik Qurilish materiallari ishlab chiqarishidagi yangi bosqich 📍 Manzil: Uzexpomarkaz, Atrium 2 zali🗓 Sana: 10–11-fevral 2026-yil🗣 Til: rus va ingliz tillariKonferensiyada professor-o‘qituvchilar, shuningdek 4-kurs talabalari, magistrlar va doktorantlar tinglovchi sifatida ishtirok etishlari mumkin.⚠️ O‘rinlar soni cheklangan.Ishtirok etishni xohlovchilar fakultet dekani yoki kafedra mudiri orqali ro‘yxatdan o‘tishlari so‘raladi. Ishtirokchilar ro‘yxati belgilangan tartibda tashkiliy qo‘mitaga taqdim etiladi. Ilovasi haqida batafsil…

E'lonlar

 110

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari “Qishda qushlarga ko‘mak” ekologik aksiyasida faol ishtirok etdilar

    Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Menejment fakultetining eko-volontyor talabalari 2026-yil 3-fevral kuni — Xalqaro qushlarni oziqlantirish kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Qishda qushlarga ko‘mak” ekologik aksiyasida faol ishtirok etdilar.    Mazkur aksiya O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida o‘tkazildi. Tadbir davomida volontyor talabalar qish faslida qushlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tabiiy muhitini asrash va ekologik madaniyatni targ‘ib etishga qaratilgan ishlarda faol qatnashdilar.   Aksiya yakunida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Menejment fakulteti eko-volontyorlari Ekologiya va iqlim o‘zgarishi qo‘mitasi tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

E'lonlar

 414

“Türkiye Bursları – 2026” xalqaro stipendiya dasturi

    Turkiy Davlatlar Tashkilotining (TDT) 2026-yilga mo‘ljallangan Diaspora bo‘yicha qo‘shma faoliyat rejasiga muvofiq “Türkiye Bursları – 2026” dasturi bo‘yicha ariza topshirish jarayoni boshlangani munosabati bilan “Türkiye Bursları” dasturi to‘g‘risidagi ma’lumot yuborilmoqda.     Ishtirok etish istagida bo‘lganlar Xalqaro aloqalar bo‘limiga murojaat qilishlari so‘raladi. (Bosh bino, 6-qavat, 604-xona)    1. Türkiye Bursları ilova…     2. Türkiye Bursları ilova…

E'lonlar

 131

"YASHIL TASHABBUS" TANLOVI BILAN KELAJAKNI OʻZGARTIRING!

    Sizda atrof-muhitni asrash boʻyicha innovatsion gʻoya yoki tayyor loyiha bormi? Unda ushbu tanlov aynan siz uchun! Respublika miqyosidagi "Yashil tashabbus" tanloviga arizalar qabul qilinmoqda.    Tanlov quyidagi 3 ta yoʻnalish boʻyicha oʻtkaziladi:     A yoʻnalishi: Atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishlarini yumshatish va chiqindilarni qayta ishlash.    B yoʻnalishi: Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish.    D yoʻnalishi: Innovatsion ekologik texnologiyalar, qurilmalar va veb-ishlanmalar.    Tanlov nizomi bilan tanishing: Arizalar qabuli: 20-fevralga qadar.Hududiy bosqich: 15-martga qadar.Respublika bosqichi: 10-aprelga qadar.    Arizalar faqat yashiltashabbus.uz platformasi orqali qabul qilinadi.     ⚠️ Eslatma: Har bir ishtirokchi faqat bitta loyiha bilan qatnashishi mumkin.    "Yashil energiya va innovatsion texnologiyalar orqali tabiatni asrashga oʻz hissangizni qoʻshing!

E'lonlar

 175

TICA: Tailandda 2026-yilgi xalqaro magistratura va o‘quv kurslari

Tailand Xalqaro Hamkorlik Agentligi (TICA) tomonidan 2026-yilda Tailand xalqaro aspirantura dasturi (TIPP) hamda Yillik xalqaro o‘quv kurslari (AITC) doirasida magistratura dasturlari va qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etilishi ma’lum qilindi.Mazkur dasturlarda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar: ingliz tilini mukammal darajada bilishi; belgilangan talab va mezonlarga to‘liq javob berishi lozim. Ma’lum qilinishicha, Respublikadan har bir yo‘nalish bo‘yicha 3 nafargacha nomzod tavsiya etilishi mumkin.Tavsiya etilgan nomzodlarning: anketa va qayd etish (ro‘yxatdan o‘tish) formalarining asl nusxalari belgilangan muddatdan kamida 2 hafta oldin vazirlikka taqdim etilishi shart.Yillik xalqaro o‘quv kurslari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar, shuningdek magistratura dasturlariga oid anketalar va ro‘yxatdan o‘tish shartlari havolalari ilova qilingan Tashqi ishlar vazirligining rasmiy xatida keltirilgan. Qo‘shimcha ma’lumot uchun ilovalar bilan tanishishingiz so‘raladi.    1. Ilova batafsil ma'lumot...    2. Ilova batafsil ma'lumot...