Yangiliklar

E'lonlar

 305

RASMIY MUNOSABAT

      Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalarining to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddatlari yuzasidan turli fikr va munosabatlar bildirilmoqda.  Shu munosabat bilan ma’lum qilamizki, 2025–2026 o‘quv yili uchun belgilangan to‘lov-kontrakt mablag‘lari amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar hamda talabalar bilan tuzilgan shartnomalar talablariga muvofiq 2026-yil 1-may sanasiga qadar to‘liq miqdorda to‘lanishi shart.   Belgilangan muddatda to‘lov-kontrakt majburiyatlarini bajarmagan talabalar bo‘yicha amaldagi qonunchilik va universitetning ichki me’yoriy hujjatlariga muvofiq tegishli choralar ko‘riladi.  Shuningdek, universitet faoliyati, mansabdor shaxslari yoki muassasaning ishchanlik obro‘siga taalluqli ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatishda axborotning haqqoniyligi va ishonchliligiga rioya etilishi lozim.    O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, shaxs yoki tashkilotning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi yolg‘on ma’lumotlarni tarqatish, shuningdek haqorat qilish holatlari uchun qonunda belgilangan tartibda ma’muriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.    Hurmatli talabalar, to‘lov-kontrakt mablag‘larini belgilangan muddatlarda amalga oshirishingizni hamda universitet faoliyatiga oid ma’lumotlarni faqat rasmiy manbalar orqali olishingizni so‘raymiz.    Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Axborot xizmati rahbari: Munisa Niyazova

E'lonlar

 204

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Eko faol” ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Eko faol” professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida ko‘chat ekish tadbiri tashkil etildi.    Tadbir davomida universitet hududiga 300 dan ortiq manzarali ko‘chatlar ekilib, yashil hududlarni kengaytirish va ekologik muhitni yaxshilashga munosib hissa qo‘shildi.    Mazkur tashabbus talaba-yoshlar orasida ekologik madaniyatni yuksaltirish va tabiatga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

E'lonlar

 194

Yuldasheva Mexrunisa Kasimjan qizining iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi ilmiy seminari to‘g‘risida

    Yuldasheva Mexrunisa Kasimjan qizining 08.00.13 - “Menejment” ixtisosligi bo‘yicha “Qurilish materiallari sanoati korxonalarini innovatsion boshqarish strategiyalarini shakllantirish  (Qoraqalpog’iston Respublikasi misolida) mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muhokamasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2026.09.01.I.04.M raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 21-may kuni sanasida soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.    Manzil: Toshkent shahri, Yangi Shahar ko‘chasi, 9-uy. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Bosh bino 5-qavat 502-majlislar zalida.    E-mail: devon@taqu.uz    Onlayn ko’rish uchun havola: Batafsil...

E'lonlar

 3211

TAQUda CAN24 xalqaro B2B platformasi ishga tushirildi

  2026-yil 15-may kuni Toshkent arxitektura-qurilish universitetida CAN24 Qurilish va qurilish materiallari B2B elektron tijorat platformasining ishga tushirilishiga bag‘ishlangan konferensiya hamda Xitoy–O‘zbekiston qurilish materiallari korxonalari o‘rtasidagi biznes uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  Mazkur xalqaro tadbir CAN24 Platformasi va Toshkent arxitektura-qurilish universiteti hamkorligida tashkil etildi. Konferensiyaning asosiy maqsadi qurilish materiallari sanoatini raqamlashtirish, ta’minot zanjirlarini optimallashtirish, elektron tijorat tizimlarini rivojlantirish, shuningdek ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.  Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi asosida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash hamda qurilish sanoatini modernizatsiya qilishga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan, 2025-yil 1-iyuldagi PQ-209-son qarorida belgilangan ustuvor vazifalar doirasida tashkil etildi.  Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Sanoat Qurilish Banki, mahalliy va xorijiy qurilish materiallari kompaniyalari, ilmiy tadqiqotchilar, professor-o‘qituvchilar hamda xalqaro hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.   Tadbir doirasida CAN24 platformasining rasmiy taqdimoti o‘tkazildi hamda O‘zbekiston va Xitoy kompaniyalari o‘rtasida “One-on-One” formatidagi biznes uchrashuvlar tashkil etildi.

E'lonlar

 252

“TALABA-YUGUR” MUSOBAQASIGA START BERILDI!

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti talabalari diqqatiga! “Bahor” mavsumi doirasidagi "Talaba-yugur" yengil atletika musobaqalarida ishtirok eting.Vaqti: 2026-yil, mart-iyun oylari.Ro‘yxatdan o‘tish: perfend.com platformasi orqali.Shoshiling, o‘z imkoniyatingizni boy bermang va g‘oliblar safidan joy oling.

E'lonlar

 190

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Axborot xavfsizligi siyosati bilan tanishish” mavzusida bo'lib o‘tkaziladigan seminar-treningga taklif etamiz

    Hurmatli xodimlar, professor-o'qituvchilar va talabalar!   Sizlarni 2026-yil 21-may kuni soat 14:00 da Bosh bino 502-xonada “Axborot xavfsizligi siyosati bilan tanishish” mavzusida bo'lib o‘tkaziladigan seminar-treningga taklif etamiz.   Seminarda Raqamlashtirish va korporativ ma'lumotlar markazi mutaxassislari tomonidan axborot xavfsizligi takomillashtirish siyosati toʻgʻrisida atroflicha maʼlumot berildi.

E'lonlar

 173

Huquqiy axborot sifatida tarqatilishi koʻzda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati

Barchamiz bilishimiz zarur bo'lgan yangi huquqiy axborot sifatida tarqatilishi koʻzda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati

E'lonlar

 236

Allasugirov Nurmuxammed Baxtiyarovichning iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi ilmiy seminari to‘g‘risida

    Allasugirov Nurmuxammed Baxtiyarovichning 08.00.03 - “Sanoat iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha “Resurs tejamkor qurilish materiallarni ishlab chiqarish samaradorligi oshirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muhokamasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2026.09.01.I.04.M raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 14-may kuni sanasida soat 15:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.    Manzil: Toshkent shahri, Yangi Shahar ko‘chasi, 9-uy. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Bosh bino 502-majlislar zali.    E-mail: devon@taqu.uz    Onlayn ko’rish uchun havola: Batafsil...

E'lonlar

 176

Amonov Mexriddin Oromiddinovichning iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

    Amonov Mexriddin Oromiddinovichning 08.00.13 – “Menejment” va 08.00.15 – “Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti” ixtisosliklari bo‘yicha “Qurilishda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini boshqarishning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muhokamasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2026.09.01.I.04.M raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 14-may kuni sanasida soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.    Manzil: Toshkent shahri, Yangi Shahar ko‘chasi, 9-uy. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Bosh bino 502-majlislar zali.     E-mail: devon@taqu.uz    Onlayn ko’rish uchun havola: Batafsil...