Yangiliklar

E'lonlar

 201

XALQARO FOTOSURATLAR TANLOVIGA TAKLIF!

📸 XALQARO FOTOSURATLAR TANLOVIGA TAKLIF!🌍 YUNESKOning “Youth Eyes on the Silk Roads” (“Ipak yo‘li yoshlar nigohida”) 2026-yilgi xalqaro fotosuratlar tanlovi uchun arizalar qabuli boshlandi!Tanlov 14–25 yosh oralig‘idagi yoshlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ishtirokchilar o‘zlarining mualliflik fotosuratlari orqali Ipak yo‘lining boy madaniy merosi, an’analari, madaniy xilma-xilligi hamda uning zamonaviy talqinini namoyish etishlari mumkin. 📷 Kimlar ishtirok etishi mumkin?14–25 yoshdagi yoshlar;Fotosuratlar muallifi bo‘lgan ishtirokchilar;Ipak yo‘li merosi va madaniyatini ijodiy yondashuv bilan aks ettira oladigan nomzodlar. 📅 Hujjatlarni topshirish muddati: 2026-yil 30-iyun🔗 Ariza topshirish havolasi:UNESCO Silk Roads Photo Contest – ParticipateUNESCO tomonidan 2026-yil uchun “Youth Eyes on the Silk Roads” (“Ipak yo‘li yoshlar nigohida”) nomli xalqaro fotosuratlar tanloviga arizalar qabul qilinayotganligi ma’lum qilinadi.Shu munosabat bilan, tanlovda ishtirok etish uchun munosib nomzodlarni aniqlab, ularning hujjatlarini 2026-yil 30-iyunga qadar quyidagi havola orqali yuborishingiz so‘raladi: https://unescosilkroadphotocontest.org/en/participateHujjatlar YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi kotibiyatiga taqdim etilishi lozim.

E'lonlar

 828

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti qabul komissiyasi o'z faoliyatini boshlaganini ma'lum qiladi

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 2026-2027 o’quv yili uchun qabul jarayonlari boshlanganini e’lon qiladi

E'lonlar

 205

Kaipbergenov Azat Yerejebaevichning arxitektura fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

    Kaipbergenov Azat Yerejebaevichning 18.00.01 - «Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta‘mirlash va tiklash» ixtisosligi bo‘yicha “Qoraqalpog‘iston turistik marshrutlari tarixiy muhitni me’moriy-badiiy tashkil etish tamoyillari” mavzusidagi arxitektura fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2026.09.01.А.01.М raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 24-iyun  kuni soat 11:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.    Manzil: Toshkent shahri, Yangi Shahar ko‘chasi, 9-uy. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti 4-bino 5-qavatda Faollar zalida.    E-mail: devon@taqu.uz    Onlayn ko’rish uchun havola: Batafsil…

E'lonlar

 164

“Ilm-fan sohasidagi ayollar uchun UNESCO/L’Oréal” 2027-yil xalqaro mukofoti tanlovi

“Ilm-fan sohasidagi ayollar uchun UNESCO/L’Oréal” dasturi doirasida 2027-yil xalqaro mukofoti tanloviga nomzodlar ko‘rsatilishi e’lon qilinadiHurmatli professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va tadqiqotchilar!UNESCO hamda L’Oréal jamg‘armasi hamkorligida amalga oshirilayotgan “For Women in Science” (Ilm-fan sohasidagi ayollar uchun) dasturi doirasida 2027-yilgi xalqaro mukofot tanloviga nomzodlar ko‘rsatish jarayoni boshlanganini ma’lum qilamiz. Mazkur mukofot fizika, matematika va kompyuter fanlari yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan yetuk olima ayollarni taqdirlashga qaratilgan.Tanlov doirasida dunyoning besh mintaqasidan eng nufuzli olima ayollar saralanib, har bir laureatga 100 000 yevro miqdorida mukofot taqdim etiladi.Shu munosabat bilan, fizika, matematika va kompyuter texnologiyalari yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan munosib olima ayollar nomzodlarini aniqlash hamda ularning hujjatlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirib taqdim etish so‘raladi. Hujjatlarni taqdim etish muddati: 2026-yil 19-iyunga qadar.Batafsil ma’lumot va nomzodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish platformasi: For Women in Science platformasi Muhim eslatma: xalqaro tanlov uchun nomzodlarni qabul qilishning yakuniy muddati 2026-yil 30-iyun etib belgilangan.

E'lonlar

 233

Zokirova Gavhar Zokir qizi Tehnika fanlari falsafa doktori (Phd) dissertatsiya ishining himoyasi to‘g‘risida

    Zokirova Gavhar Zokir qizining 05.09.08 – “Qurilish texnologiyasi va qurilish jarayonlarini tashkil qilish” ixtisosligi bo‘yicha “Ko‘kalamzorlashtirilgan modul tizimli tom qo'plamalarini barpo etishda konstruktiv-texnologik imkoniyatlarni ishlab chiqish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/2026.09.01.T.02.M raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 24-iyun kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.    Manzil: Toshkent shahri, Yangi Shahar ko‘chasi, 9-uy. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, 4-bino 5-qavatda Faollar zalida    E-mail: devon@taqu.uz    Onlayn ko’rish uchun havola: Batafsil…

E'lonlar

 181

Xolov Xamza Tojiddinovichning iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi ilmiy seminari to‘g‘risida

    Xolov Xamza Tojiddinovichning 08.00.13 - “Menejment” ixtisosligi bo‘yicha “Qurilish sanoati korxonalarining ekologik boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muhokamasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2026.09.01.I.04.M raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 9-iyun kuni sanasida soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.    Manzil: Toshkent shahri, Yangi Shahar ko‘chasi, 9-uy. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti bosh bino 5-qavatda majlislar zalida     E-mail: devon@taqu.uz    Onlayn ko’rish uchun havola: Batafsil…

E'lonlar

 166

“Beca Colombia” stipendiya dasturi e’lon qilinadi

    Kolumbiyaning Ta’lim kreditlari va chet eldagi texnik tadqiqotlar instituti (ICETEX) tomonidan 2026/2027-o‘quv yili uchun xorijiy fuqarolar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun “Beca Colombia” stipendiya dasturi e’lon qilinadi. Nomzodlar joriy yilning 5-iyun sanasiga qadar quyidagi havola orqali https://web.icetex.gov.co/becas/beca-colombia-extranjeros ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi. Mazkur stipendiyada ishtirok etish uchun nomzodlardan bakalavr diplomi o‘rtacha bali kamida 4.0-5.0 (Kolumbiya tizimi bo‘yicha), va kamida 12 oylik professional ish tajribasiga (magistratura uchun) ega bo‘lishlari kerak. Shuningdek, nomzodlardan bakalavr diplomi nusxasi, bakalavr transkripti (GPA va baholash tizimi ko‘rsatilgan holda), motivatsiya xati, tibbiy ma’lumotnoma, hamda ish tajribasini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari so‘raladi. Stipendiya yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot uchun Kolumbia elchixonasiga elektron pochta orqali murojaat qilishingiz mumkin: erusia@cancilleria.gov.co.    Ilovasi...

E'lonlar

 187

Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi universitetida doktorantura uchun maxsus stipendiya dasturi

    Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi universitetida doktorantura uchun maxsus stipendiya dasturi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga kelib tushgan ma’lumotga ko‘ra, University of Chinese Academy of Social Sciences tomonidan Markaziy Osiyo davlatlari, jumladan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun maxsus stipendiya dasturi doirasida doktoranturaga qabul e’lon qilinadi.Dastur haqida: Kvota: 10 nafar;Ta’lim muddati: 4 yil;Ta’lim shakli: kunduzgi;O‘qitish tili: xitoy tili;O‘qish va yotoqxona xarajatlari to‘liq qoplanadi;Har oy 3500 yuan (taxminan 500 AQSH dollari) miqdorida stipendiya ajratiladi;Tibbiy sug‘urta bilan ta’minlanadi. Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:Magistr diplomi mavjud bo‘lishi;Kamida “HSK 5” darajasidagi xitoy tili sertifikatiga ega bo‘lishi;Yuqori akademik ko‘rsatkichlarga ega bo‘lishi;50 yoshdan oshmagan bo‘lishi. Taqdim etiladigan hujjatlar:Magistr diplomi va ilovasi;Sudlanmaganlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;Tibbiy ko‘rik hujjatlari;Ilmiy faoliyatga oid materiallar;Dastur talablarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar. Hujjatlarni topshirish muddati: joriy yilning 5-iyun sanasiga qadar.Hujjatlarni yuborish manzili: Elektron pochta: admissions@ucass.edu.cnMazkur stipendiya dasturida ishtirok etishga qiziqish bildirgan fuqarolarni belgilangan muddatlarda hujjatlarini topshirishga taklif etamiz.     Ilovasi...

E'lonlar

 236

Pulatov Shaxron Axmedovichning iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi ilmiy seminari to‘g‘risida

    Pulatov Shaxron Axmedovichning 08.00.13 - “Menejment” ixtisosligi bo‘yicha “Investision-qurilish kompleksida loyiha boshqaruvini takomillashtirish yo’llari" mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi muhokamasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2026.09.01.I.04.M raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 8-iyun kuni sanasida soat 15:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.    Manzil: Toshkent shahri, Yangi Shahar ko‘chasi, 9-uy. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti bosh bino 5-qavatda majlislar zalida     E-mail: devon@taqu.uz     Onlayn ko’rish uchun havola: Batafsil…